Husan Maqsud. Adabiyot darsliklari pishiq va puxta bo‘lsa

XX asrning boshlarida yurtimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy harakat – jadidchilik vujudga  keldi. Ushbu harakatning ishtirokchilari  – shoir, yozuvchi, mudarris yoxud tarixchi bo‘lib, ular xalqni ma’rifatli qilishga, o‘tmishdan xulosa chiqarib, kelajakka o‘zgacha nazar bilan qarashga undashgan. Buning uchun esa birinchi galda davomi…

Soyim Ishoq. Adabiyot sabrni o‘rgatadi

Avvalo menga – adabiy markazdan chetda yashab, baholi qudrat ijod qilayotgan bir adibga e’tibor berib, adabiyotning jo‘shqin oqimiga tortishga intilgani uchun tahririyat xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Adabiyotga ilk havas menda, nazarimda, maktabga bormasimdan ilgariroq uyg‘ongan bo‘lsa kerak. Maktab bolalari oldimda davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. Hamdardim — adabiyot

O‘tgan asrning elliginchi yillari. Oilada to‘qqiz farzandmiz – besh qiz, to‘rt o‘g‘il. Kamina – kenjatoy. Otamizning nafaqasi 51 rubl. Nafaqaga qarab qolmaganmiz, albatta. Otamiz kosibchilik qiladilar. Onamiz ham tinib-tinchimaydilar: do‘ppi tepchiydilar, popop tikadilar, nimalarnidir bozorga olib borib sotadilar. To‘ng‘ich opa-akalarga davomi…

2017 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, hikoyalar, she’rlar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Ziyouz portaliga tashrif buyurganlar soni 4 001 426 nafarni (www.ziyouz.com — 3 407 265; www.ziyouz.uz — 594 161) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 10963 kishi). Tashrif buyurganlarning 65 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (11%), Qozog‘iston (6%), Tojikiston davomi…

Yoshlar nima o‘qiyapti? Eng sara javoblar

«Yoshlar nima o‘qiyapti?» mavzusidagi so‘rovnomada 536 nafar o‘zbek kitobxon yoshlari ishtirok etdi, 614 nomdagi 1151 ta kitob qayd etildi. Quyida so‘rovnomaga yo‘llangan eng sara javoblar va izohlar bilan tanishing: Davron Hotam (Nasibxonov), «Intimoq» teleradiokompaniyasida jurnalist (Qirg‘iziston): — Elektron nashrlardan turli davomi…