Qirq kuyov
Bir podshohning qirq o‘g‘li bor ekan. Bir kuni podshoh katta o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. Buni eshitgan boshqa o‘g‘illari, “Bizlarni ham uylantiring, deyishibdi. Podshoh qirqta o‘g‘liga qirqta qizlik odamni qidirtira boshlabdi. Bir necha yillar qidirgandan keyin, o‘z mamlakatidan olti oylik yo‘lda bo‘lgan davomi…
Bektemir botir
Qadim zamonda Farg‘ona mamlakatida Odilxon degan bir podshoh o‘tgan ekan. Uning to‘rtta xotini bo‘lgan ekan. To‘rtta xotinidan bir kam qirqta o‘g‘il ko‘rgan ekan. Bir kuni podshoh cho‘l-biyobonlarda kiyik ovlab yurganda bir qo‘rg‘onga borib qolibdi. “Yuragim kuydi, shu qo‘rg‘ondan bir kosa davomi…
Badalqorachi
Bor ekanda yo‘q ekan, bir zamonda bir chol bobo bor ekan. Uning uch o‘g‘li bor ekan. Eng kichkina o‘g‘lining ismi Badalqorachi ekan. Boboning La’li nomli oti bor ekan. Bu biya har yili tug‘gan paytida, uning bolasini bir narsa kelib olib davomi…
Qorasoch pari
Qadim zamonda, Shom mamlakatida bir podshoh bor ekan. Xazinasi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa ham farzandi yo‘qligidan davlati tatimay, doim g‘amgin bo‘lib yurar ekan. Saroy odamlari podshohning ko‘nglini yupatish uchun tez-tez sayohatga olib chiqib, g‘am-anduhlarini tarqatishga harakat qilar ekanlar. Kunlardan bir davomi…
Orzijon bilan Qambarjon
Bir zamonda bir podshoh o‘tgan edi. Uning Qambarjon degan o‘g‘li bor edi. Qambarjon bir kuni tushida Kan’on podshohining qizi Orzijonni ko‘rib, u bilan shirin suhbatlar qurdi. Har ikkisi bir-birini yaxshi ko‘rib, ishq-muhabbat izhor qilishdi. Qambarjon uyqudan uyg‘onsa, ko‘rganlari tush edi. davomi…
Hunarning xosiyati
Kunlardan bir kuni bir kambag‘al dehqon qarigan chog‘ida o‘g‘li Rafiqni hunar o‘rgatish uchun duradgorga shogird qilib berib, odat bo‘yicha: “Eti sizga, suyagi bizga, shu bolani sizga topshirdim”, debdi. Duradgor bolani olib qolib, ishni qunt bilan o‘rganish va qiyinchiliklarni yengish kerakligini davomi…
Uch og‘a-ini botirlar
Bor ekan, yo‘q ekan, bir zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. Boy ham, kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To‘ng‘ichi yigirma davomi…
Dehqon, qozi va tadbirli ayol
O‘tgan zamonda bir chol qishloqda tirikchilik o‘tkaza olmay, ish axtarib shaharga boribdi, mardikorchilik qilib, bir oz pul yig‘ibdi. U pulni saqlash uchun ishonchli odamga topshirmoqchi bo‘libdi. Lekin yaqinroq kishisi yo‘q ekan. Nihoyat, o‘ylab-o‘ylab, “Shu jamg‘argan besh-o‘n tanga pulimni shahar qozisiga davomi…