Ibrohim G‘afurov: “Aql va yurak ma’nosini izlayman…” (2013)

Adabiy tanqidchilik adabiyot rivojining, bosib o‘tgan yo‘lining tarixi, buguni va istiqbolining o‘ziga xos solnomasidir. Tanqid saralamoqdir, degan nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo‘linsa, adabiy tanqidning jarayondagi o‘lchamlarini yanada teranroq anglaymiz. Adib, tarjimon, munaqqid Ibrohim G‘afurov bilan quyidagi muloqotimiz bugungi kun adabiy davomi…

Abdulla Ulug‘ov: “O‘zbek xalqi singari buyuk tarixga ega xalq dunyoda kam” (2013)

Barcha sohalarda bo‘lganidek, mustaqillik yillarida matbuot va ommaviy axborot vositalari ham jadal taraqqiy etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-ma’naviy hayotimizda erishilayotgan yutuqlarning o‘ziga xos ko‘zgusiga aylandi. Taniqli adabiyotshunos olim va publitsist Abdulla Ulug‘ov bilan suhbatimiz jurnalistikaning bugungi globallashuv davomi…

Olimjon Davlatov. Alisher Navoiy va Amir Temur

O‘rta asrlarda Sharqda ikkinchi Renessans jarayonini boshlab bergan temuriylar davlatidagi millat ma’naviyati bog‘ining eng gullagan davri aynan Sulton Husayn Boyqaro va amir Alisher Navoiy zamoniga to‘g‘ri keladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Mirzo Bobur qayd etganidek, “Sulton Husayn mirzoning zamoni ajab zamone davomi…

Burobiya Rajabova. “Kimki dehqonlik ayladi pesha…”

Alisher Navoiy “dehqon” atamasini o‘z asarlarida podshohlarning huquqiy jihatdan tobelari — to‘rt guruhning to‘rtinchisi, ya’ni ziroat ahli, ziroatchilarga nisbatan qo‘llash bilan birga, ushbu atamani Alloh — yaratuvchi ma’nosida ham ishlatadi. Bunday ma’no “Hayrat ul-abror” dostonining “Ko‘ngil ta’rifida” bobidagi quyidagi misralarda davomi…

Mag‘jan Jumaboy (1893-1937)

Qozoq she’riyatining buyuk namoyandasi, otashnafas shoir Mag‘jan Jumaboy (Mag‘jan Jұmabay Bekenұlы) nomi xalq orasida afsonaga aylanib, qalblardan o‘chmas joy olgan. U 1893 yilning may oyida dunyoga kelgan. O‘n to‘rt yoshidan she’r yoza boshlagan. Shoir asarlari o‘sha paytlarda qozoq, tatar tillarida davomi…

G‘afu Qayirbekov (1928-1994)

G‘afu Qayirbekov (G‘afu Qayыrbekov) 1928 yil 15 avgustda hozirgi To‘rg‘ay viloyatining To‘rg‘ay shahrida dunyoga kelgan. 1952 yilda Abay nomidagi Qozog‘iston Davlat pedagogika institutini bitirgan. Ilk she’ri 1948 yilda To‘rg‘ay tuman gazetasida bosilgan. Birinchi she’riy to‘plami “Tengdosh” 1954 yilda nashr qilingan. davomi…

Muxtor Shoxonov (1942)

Muxtor Shoxonov (Mұxtar Shaxanov) Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlog‘ida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozog‘iston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir bo‘lib ishladi. Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik davomi…

Badiiylik mezonlari (yozuvchi Shodmon Otabek va adabiyotshunos Mahkam mahmudov suhbati) (2011)

Shodmon Otabek: Mahkam aka, adabiyotning ma’no-mohiyati haqida donolar, buyuk siymolar, so‘z san’atkorlari ko‘p va xo‘p aytgan. L.Tolstoy “San’at butun insoniyatning yagona his-tuyg‘uga birlashishi uchun vositadir” deganda avvalo adabiyotni nazarda tutgan, albatta. Arastuning siz tarjima qilgan o‘sha “Poetika”sida ham katarsis — davomi…