Tohir Qahhor. Bobur devoni dunyo kezadi

Yaqinda qardosh Ozarbayjonda buyuk davlat arbobi va adib Boburning ikki kitobi nashr etildi. Biri mashhur “Boburnoma”, ikkinchisi “Tanlangan asarlar”i. Bu o‘rinda biz uning ozarbayjoncha “Tanlangan asarlar”i haqida fikr yuritmoqchimiz. Boburning ozarbayjoncha “Tanlangan asarlar”i (Z. M. Babur. Seçilmiş əsərləri. Baki, 2011) davomi…

Murod Abdullayev. “Paxta ishi” anatomiyasi

Nomingni qaro degan – paxtaginam, senmisan, Lo‘ppi deya yutganim – laxtaginam, senmisan, Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?! Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. Abdulla ORIPOV Mustaqillik uchun kurash tarixi istibdod zamonining eng qora kunlaridan boshlanib, XX asrning to‘qsoninchi yillari boshiga davomi…

Hamidulla Boltaboyev. Alisher Navoiyning ilk yubileyi

XX asr boshlari: yubileyga taraddud Alisher Navoiy kabi buyuk shaxsiyat va iste’dod egasi doimo jahon, shu jumladan, turkiy xalqlar ziyolilarining e’tiborida bo‘lgan. O‘z davridayoq hazrat asarlari Rum elidan tortib Koshg‘arga qadar “muayyan turk ulusi”ning bebaho ma’naviy merosiga aylangan edi. Navoiyning davomi…

Zuhra Mamadaliyeva. Navoiy va Sofokl

Taqdir muammosi azaldan Sharqu G‘arb donishmandlarini, faylasufu adiblarini qiziqtirib kelgan. Insonning qismati azaldan belgilanganmi yoki o‘z xatti-harakati bilan amalga oshadimi? Ilohiy hukmni o‘zgartirsa bo‘ladimi yoxud inson taqdir qo‘lidami? Bu kabi savollarga har kim o‘z nuqtai nazari bo‘yicha javob berishga harakat davomi…

Navoiydan 9 SMS

Aslida, bu mumtoz misralarni, an’anaga ko‘ra, Alisher Navoiyning shohbaytlari, hikmatlari tarzida ham taqdim etish mumkin edi. Yoshlarning qiziqishlari va axborot asri talablarini inobatga olib, “Navoiydan 9 SMS” deya sarlavha qo‘yishga jur’at topdik. Zotan, qo‘sha qulflar ortida saqlangan tuman tanga emas, davomi…