Daholik
Daholar oramizda yashaydi, chunki aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo yon-atrof talablariga, an’analariga moslashish go‘dakdagi betakror sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi.