Said Ahmad. Tonggi tovushlar (hajviya)

(Lirik manzara) Oltinchi kvartaldagi to‘qqiz qavatli uyga odamlar ko‘chib kela boshlashdi. Birov itini yetaklab, birov mushugini ko‘tarib keldi.Sakkizinchi qavat balkoniga yangi qo‘shni to‘rqovoq ilib qo‘ydi. Shu kecha bedana uch marta sayradi. Ko‘pdan bu tovushni unutgan kishilar qandaydir hayajon bilan balkonga davomi…

Said Ahmad. «Oq uy» (hajviya)

Atrofi kungira panjaralar bilan o‘ralgan uch qavatli bu uyni mikrorayondagilar «Oq uy» deb atashardi. Unda obkom va gorkom xodimlari yashaydilar. Faqat pastdagi ikki xonali uy semon zavodining ishchisi, jindek-jindek otib, shiringina kayf qilib yuradigan, bir etak bolaning otasi Qodirjon akaga davomi…

Said Ahmad. Mullajon (hajviya)

Kap-katta odam ko‘pchilikning o‘rtasida «ho‘ng-ho‘ng» yig‘lasa, juda xunuk bo‘lar ekan.— Qo‘ying, Mullajon, astoydil sevsa, qaytib keladi. Mullajon tasalli berayotgan kishiga qarab, nimadirdemoqchi bo‘ldi, ammo o‘pkasi to‘lib, tomog‘idan gap o‘tmay entikdi, mo‘ylovining ko‘z yoshidan ho‘l bo‘lmay qolgan bir uchi sal-pal qimirladi.— davomi…

Said Ahmad. Tovuq tilini biladigan odam (hajviya)

Boqqaningga yarasha tovuq o‘lgur kunda tug‘sa-da. Don cho‘qishiga qaraganda, kuniga ikkitadan gug‘adiganga o‘xshaydi. Qaqolashi dunyoni buzadi. Har qaqolaganida qo‘ni-qo‘shnilarga eshittirib, hozir tuxum tug‘aman, tuxumimni ko‘rib yoqalaringni ushlaysizlar, degandek hurpayib somonxonaga kirib ketadi. Shu kirib ketganicha gor-shovda o‘tirgan boladek ko‘zlarini javdiratib davomi…

Said Ahmad. Olqindi (hajviya)

Ko‘zoynagining bir poyi darz ketgan bu odamni ilgarilari ham bir-ikki ko‘rganman. U, doimo NEP davridan qolgan qo‘sh qulfli portfel qo‘ltiqlab yurardi. Basharasi lazarimda muhri o‘chib ketgan sovunga o‘xshardi. Uni ko‘pincha redaktsiya koridorlarida, pochta qutilarining yonida ko‘rardim. O‘zi kim, nima tirikchilik davomi…

Said Ahmad. Ixtiro (hajviya)

Teatr mestkomining majlisi. Bugun kollektiv keksa artist Latif Ibodovni pensiyaga kuzatmoqchi.Badiiy rahbar Muxtorov keksa artistning xizmatlarini to‘lib-toshib gapiradi.— Latif aka kollektivimiz o‘rtasida juda katta hurmatga sazovor bo‘lgan kishi. U hamisha ijodiy izlanish bilan yashadi. Spektakllarimizni tomoshabinlarga manzur qilishda Latif akamizning davomi…

Said Ahmad. Hasrat (hajviya)

Mahallamizda bir kampir bor. Doimo eshigining oldiga sholcha solib, chakkasiga rayhon taqib, choy ichib o‘tiradi. O‘tgan-ketgan xotinlarning qo‘liga choy tutqazib, gapga soladi. Shu xotinni ko‘rganimda: «Nima balo, qiladigan ishi yo‘qmi, nevaralarining yirtiq-yamog‘iga qarasa bo‘lmaydimi», deb dilimdan o‘tkazaman.Bir kuni ishdan qaytsam, davomi…

Said Ahmad. Uzun til (hajviya)

Qobiljon direktorning kabinetidan lattadek bo‘shashib chiqdi. U qabulxonada o‘tirganlarga loqayd bir nazar tashladi-yu, tez yurib koridorga burildi.— Siylaganni sigir bilmas, deb shuni aytadi-da. Ishga yangi kelganda idoraning pasti-balandini tanishtirgan kim edi. Mish-mish gaplarni qulog‘iga yetkazib turgan kim edi, shuni bilmadi-ya. davomi…