Shukur Xolmirzayev. Hukumat (hikoya)
Urush yillari Kengdalada raislik qilganimda bir qozoq kampir bo‘lardi. Bechora yolg‘iz edi, bizning uy ishlarini qilardi. O‘shanda o‘tovda turardik. Sigir bor, ikkita-uchta sovluq bor, shularni sog‘ardi. Kir-chirni yuvardi. Ana shu boyoqish «rais» degan so‘zni bilmasdi-da, nuqul: «Hukumat opoy…» yo‘q, «O‘qumat davomi…