Erkin A’zam. Aralashqo‘rg‘on (hikoya)
Musofirning o‘rtancha qizini Kattakonning kuchugi qopgani xabari kelganda biz qo‘rg‘on og‘zidagi qo‘lbola choyxonamizda qartabozlik bilan mashg‘ul edik.Ie, qachon? Qanday qilib? O‘sal emasmikan? Hamma taajjubda: jonivorning jag‘i bir zum tinmagan edi-ku, akillay turib ham qopar ekanmi?Hamma birdan g‘azabga mindi.