Sobir O‘nar. Odamning kuchlisi (esse)

1 1986 yilning kuzi edi. Universitetni tugatganmiz. O‘sha kezlarda matbuotda biror asaring chop etilsa tezda tilga tushar eding. Kaminaning “Yoshlik” jurnalining 8-sonida biryo‘la ikki hikoyasi bosilib bosar-tusarimni bilmay anchayin havolanib yurgan kunlarim. Kursdoshim Nazar Eshonqulning 10-sonda “Urush odamlari” degan qissasi davomi…

Erkin A’zam. Aralashqo‘rg‘on (hikoya)

Musofirning o‘rtancha qizini Kattakonning kuchugi qopgani xabari kelganda biz qo‘rg‘on og‘zidagi qo‘lbola choyxonamizda qartabozlik bilan mashg‘ul edik.Ie, qachon? Qanday qilib? O‘sal emasmikan? Hamma taajjubda: jonivorning jag‘i bir zum tinmagan edi-ku, akillay turib ham qopar ekanmi?Hamma birdan g‘azabga mindi.

Erkin A’zam. Yozuvchi (hikoya)

Shukur aka ham bog‘ini yaxshi ko‘rardi… Ushbu kamtarona mashqimni hikoyachiligimizning piri — rahmatli Shukur Xolmirzayev xotirasiga bag‘ishladim. Rozi bo‘lsin.Muallif U o‘rtamiyonagina yozuvchi edi. Bu endi har baloni o‘qiyverib osmonga sapchiydigan bo‘lib qolgan bizga o‘xshash «dono»larning fikri. Albatta, u Mark Tven, davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Hayot shafqatsiz… (hikoya)

…“Shohsanam” choyxonasi shundoq katta yo‘l yoqasidagi quyuq daraxtzor orasida joylashgan. Choyxona yaqin-uzoqqa hil-hil pishib turadigan jizi bilan tanilgan. Yo‘lovchilar yoki haydovchilar masofani aytishganida aksar hollarda mo‘ljal qilib choyxonani olishardi:— “Shohsanam”gacha ikki soatlik yo‘l qoldi… — Yo bo‘lmasa: — “Shohsanam”dan chiqqanimizga davomi…

Sobir O‘nar. Aka-ukalar (hikoya)

To‘g‘risi, bizning uyga quyosh  hoji boboning imoratidan oshib tushadi. Oftob bizga nurlarini to‘shashdan avval hoji boboning uyini yoritadi: keng-mo‘l, devor-darmiyonsiz dasht hovlisi. Pastga enib tushadigan joyda bir oyog‘i “oqsoq” T-28 traktori ikki yildan beri qadalgan ko‘yi, haykaldek turadi, mabodo u davomi…