Abdulhamid Ismoil. Gitara (hikoya)
Rahmon – esini tanibdiki – rubob emas, tanbur emas, bo‘lmaganida dutor tugul, nuqul gitara o‘ynashni havas qilardi. Sezgan bo‘lsangiz kerak – chalish deganim yo‘q, o‘ynashni dedim. Rost-da, Rahmonning nazdida chalish – bu o‘zimizning ting‘ir-ting‘ir – tor bo‘lsin, chang bo‘lsin, nayu davomi…