Nurullo Oston. Jinni bo‘lish osonmi (hajviya)

Temir darpardalar yo‘qolganidan buyon hozir hammaga hamma narsa mumkin bo‘lib qolgan. Birov moshinada, birov velosipedda, birov ot-aravada dunyoni aylanib chiqayapti. Piyodalab hajga jo‘nayapti, piyodalab yer yuzini kezayapti. Rossiyaga borib kelish-ku, vodiyliklarning Mirzacho‘lga qovun ekib kelishiday gap bo‘lib qoldi. Koreyaga ketayotganlarning davomi…

Nurullo Oston. Ko‘rinmas odam (hajviya)

Hayotda bir toifa odamlar bo‘ladi, ular kamsuqum, ko‘zga tashlanmay yurishadi, ba’zan borliginiyam, yo‘g‘liginiyam sezmaysan. Ana shunday odamlarning farzandlari yulduzni benarvon uradigan chiqib qolsa, “o‘-ho‘, kesakdan o‘t chiqibdi-da!” -deyishadi. Qishloqimizda yashaydigan Sharif bobo ana shunday insonlardan. Ikki farzandi uning tamoman aksi. davomi…

Nurullo Oston. O‘tir! (hajviya)

Qorong‘uda G‘ujanak bo‘lib o‘tiraverib, qo‘l-oyog‘im uyushib qolgan ekan, yorug‘ dunyoga kelishim bilan ko‘zlarim qamashib, yaxshilab kerishmoqchi bo‘lgan edim, darhol beshikka solishib, qo‘l-oyog‘imni bog‘lab qo‘yishdi. Bo‘shatinglar, deb aytolmayman. Chinqirib yig‘lagan edim, og‘zimga emizg‘ich solishdi. Birinchi aldov shundan boshlandi. Emizg‘ichda hech narsa davomi…

Nurullo Oston. Patti shayir (hajviya)

Odamzod oxir zamon haqida ko‘p cho‘pchaklar to‘qigan. Oxir zamon bo‘lsa, er yorilib, Ya’juj-Ma’juj chiqib kelarmish, uning kallasi oltita, qo‘li o‘n ikkita  bo‘larmish, duch kelgan narsani yamlab yutarmish, odamlar uchar gilamlarda ucharmish, dunyoning bu chakkasidan turib u chakkasini ko‘rib turarmish. Bularning davomi…