Anvar Obidjon. Ziyodbotirdan boshqasi topiladi (hajviya)

– Xo‘p, sizga nima kerak?– Mana ro‘yxat… xo‘-o‘-sh… o‘nta tank, yigirmata bronetransportyor, o‘n beshta qiruvchi uchoq, o‘ttizta Ziyodbotir, qirqta svetofor, shuncha militsioner, beshta go‘sht tashiydigan mashina.– Ziyodbotirlar allaqachon tugab ketgan. O‘rniga tank olaqoling. Yoki svetofor.– Shuncha svetoforni nima qilaman? Keyin, davomi…

Anvar Obidjon. Kambag‘albop Gulmatiy (hajviya)

yoki olimlikka ishqiboz, ashaddiy Gulmatshunos Burundor Tusmoliyning hali tasdiqlanmaganilmiy ishi Hammomda lungisiz yurgan so‘takni ko‘rganmisiz? Kam bo‘lmasinlar! Chindanam ko‘rgan bo‘lsangiz, demak mushkulimiz ancha osonlashibdi, ya’ni odamizod ibtidoiy davrda qo‘shnilar yonidan qay ahvolda o‘tib borganligini izohlab o‘tirishga hojat qolmabdi.Xo‘sh, odam bolasi davomi…

Anvar Obidjon. Chakalakzor afsonasi (hajviya)

Chakalakzor sultoni Fil ertak kitobni varaqlab o‘tirib, qadimgi hukmdorlar saroyida o‘qtin-o‘qtin mushoiralar o‘tkazib turilgani, she’rxonlik bahsida g‘olib chiqqan shoirlar taqdirlab borilgani haqidagi joyiga beixtiyor ko‘zi tushib qoldi.«Nahotki, menga tobe bo‘lgan jonivorlar ichida she’r yozishni uddalaydiganlar topilmasa? – deya o‘ziga-o‘zi savol davomi…

Anvar Obidjon. Quvish (hajviya)

Donaxon to‘g‘ri guzar tarafga qochdi. Balki, men o‘zim uni guzarga qarab quvlagandirman. Lekin, muhimi bu emas…U avtobus parkining qo‘shqanotli darvozasidan zo‘rg‘a sig‘ib o‘tib ketdi. Men ravotning temir ustunlari orasiga qisilib qoldim. Nahot avtobusdan kattaroq bo‘lsam, degan fikr o‘shanda kallamga kelmabdi.Bir davomi…