Anvar Obidjon. So‘lim xiyobonda (hajviya)

Xiyobondagi bog‘kursida yolg‘iz o‘zi o‘tiribdi. Ko‘rib turibman, anvoyi gullarga termilib bahra olayotgani yo‘q. Xayoli boshqa narsada.Sigaretni chetga otdim-da, borib uning yoniga yalpaydim. U, ko‘zlarini jovdiratib, menga bir qarab qo‘ydi. Sezdimki, g‘irt o‘shandaqalardan.To‘g‘risini aytsam, unga qarab turib, negadir achinib ketdim. Hali davomi…

Anvar Obidjon. Poygakdagilar (hajviya)

Botinkavoy bilan Tuflioy dalabog‘dagi bir uyning ostonasida uchrashib qoldilar.– Haliyam asfalni o‘yib yuribsanmi, poshnangdan akang? – deya suqlanib gap otdi Botinkavoy.– Bor-e! – nozlanib, burnini cho‘chchaytirdi Tuflioy.– A’zoyi badaningdan achigan paypoqning hiydi kelyapti. Nariroq tur.– Ho‘! Namuncha osmonlaysan? Sen amrikoni davomi…

Anvar Obidjon. Maqolasiz sarlavha (hajviya)

O‘quvchiman, lekin amalim bor – maktabimizdagi «Qalampir» devoriy gazetasining muharririman. Ushbu satirik gazetadagi serg‘alva faoliyatim davomida goh imzosiz, goh sarlavhasiz maqolalarni ko‘p uchratganman. Ba’zilar shoshqaloqliklari bois sarlavha qo‘yishni shunchaki esdan chiqarishadi, ba’zilar achitqiroq sarlavha topolmay, bu yumushni mening zimmamga yuklab davomi…

Anvar Obidjon. Buguncha bayram… (hajviya)

Bayram o‘tib olgach, balki hamma tashvishlardan qutularmiz. Ertani kutib turaylik-chi…Ha, tashvishu g‘alvalardan juda qon bo‘pketdim. O‘zi boshdayoq ishim yurishmagandi. Kalxo‘zdagi birodarlar meni chorshanba oqshomida partkom kotibligiga saylashgan bo‘lsa, payshanba-sahar Moskvadagi aynigan olomon komfirqani po‘pisalab, maydonga chiqdi. Kun bo‘yi televizo‘rning yoniga davomi…

Anvar Obidjon. Ming so‘mlik po‘stak (hajviya)

Xotinining yana jag‘i ochildi-yu, yuragiga sanchiq kirgan Shavlayev har safargidek ko‘chaga qochib qutuldi, yaylovga qo‘yvorilgan qirchang‘idek bosh ko‘tarmay, sangdiranglab boraverdi. Bir payt, tuyqus boshlangan g‘ala-g‘ovurdan seskanib ketib bundoq qarasaki, kinoteatr biqinidagi xiyobonda turibdi. Kinoxonaning to‘g‘onni eslatuvchi lang ochiq eshigidan toshib davomi…

Anvar Obidjon. XX asr talonchiligi (hajviya)

Shahri azimning militsiyasi oyoqqa turdi. Jinoyat qidiruv bo‘limi hordiqdagi xodimlarini shoshilinch chaqirib oldi. Militsiya maktabi talabalari hisobiga kuchaytirilgan avtoinspektorlar jamiki yo‘l va yo‘lsimon joylar ustidan nazorat o‘rnatdi. Drujinachilarga paxtavon o‘qli qurollar berilib, vokzallar, aeroportlar, bozor-guzarlarga tarqatildi. Dala-dasht, ko‘l-daryo zonalarini kuzatish davomi…