Usmon Azim. Bir dasta qizil gul (hikoya)
Bosh hisobchi Jamila G‘afurovna chiroyli ayol. Bu ayolning yoshi qirqlardan oshib, qirq beshlarga tutashib qolganini hech kim tasavvur ham qilolmaydi! Nihoyatda go‘zal! Shodmonbekovning ta’biri bilan aytsak, dunyodagi eng, eng, eng, eng… eng go‘zal ayol! Tengsiz. Go‘zallar tanlovida qatnashsa, birinchi, ikkinchi, davomi…