Latif Mahmudov. Nok (hikoya)

Bu yerga kelganimizga uch-to‘rt oy bo‘ldi. Men ham, oyim bilan dadam ham yangi uyga, qo‘ni-qo‘shnilarga allaqachon o‘rganib ketdik. Biroq buvim esa, xuddi biron narsani yo‘qotib qo‘ygan odamdek, turib-turib eski hovlini qo‘msab qoladi-yu o‘zini qo‘ygani joy topolmay:— Hoy, bolam, — deydi davomi…

Mirkarim Osim. Nur va zulmat (qissa)

1. JAHON OTIN Yo‘lning ikki tomonndagi qator teraklarga qo‘nib olgan zarg‘aldoqlar saroy soqchilaridek o‘qtin-o‘qtin bir-birlarshsh chaqirib, qandaydir noxush ahvoldan xabardor qilayotgandek edilar.Kechki payt. Daraxtlarning soyasi uzunlashib, boqqa salqin tushgan. Zarbof, parcha, shoyi to‘n kiygan saroy amaldorlari, beklar gerdayib, bog‘ o‘rtasidagi davomi…

Mirkarim Osim. To‘maris (qissa)

Cho‘l bahor kelinchagi oyog‘i ostiga chechaklar bilan bezalgan yashil poyandozini yoyib tashlagan. To‘rg‘aylar havoda pirillab ko‘klamga madhiya o‘qimoqda. Rango-rang kapalaklar chechaklarning xushbo‘y hididan mast. Allaqanday uzun oyoqli qushlar o‘tlar orasida dumlarini likillatib, katta-katta bosib yuradi, toshbaqalar burishib ketgan xunuk bo‘yinlarini davomi…