Farishtalar kiradigan xonadon
Bugun erta uyg‘ondim. Har kungidan-da vaqtliroq. Soat millari 5 ga qarab siljimoqda edi. Quyosh ham endi mo‘ralab, zarrin nurlarini taratishga taraddudlanib turgan ekan. O‘rnimdan turib, deraza darchasini ochdim. Xonaga tonggi mayin, yoqimli shabada yelib kirdi. Tanam rohatlandi. Hovliga chiqdim.