Charxiy (1900-1979)

Charxiy (taxallusi; asl ism-sharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qo‘qon 1979.18.12) O‘zbekiston xalq shoiri (1975). Qo‘qondagi madrasalarning birida ta’lim olgan. Shy vaqtda mumtoz she’riyat namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishgan va xattotlik san’atini o‘rgangan. Qo‘qondagi «Quvvat» artelida gulabardor (to‘quvchilik korxonalarida gula tayyorlash yoki davomi…

Elbek (1898-1939)

Elbek (taxallusi; asl nomi Yunusov Mashriq) (1898, Bo‘stonliq tumani Xumson qishlog‘i — 1939.11.2, Magadan) — shoir, tilshunos va folklorshunos. 1911 yilda muhtojlik orqasida Toshkentga ko‘chib kelib, qarollik bilan shug‘ullangan. Xizmatdan bo‘sh vaqtlarida «Xoniy» maktabi (1911), so‘ng Avloniyning «usuli savtiya» maktabi davomi…

Habibiy (1890-1980)

Habibiy (taxallusi; asl nomi Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li) (1890, Paxtaobod tumani Qo‘qon qishlog‘i — 1980.16.4, Toshkent) — O‘zbekiston xalq shoiri (1974). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Qo‘qon va Andijondagi madrasalarda tahsil ko‘rgan. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy, Furqat asarlarini mutolaa qilib, aruz davomi…

Pahlavon Sodiq (1973)

Pahlavon Sodiq 1973 yilda Namangan viloyati Chortoq shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini, Turkiyadagi Egey universitetining xalqaro jurnalistika bo‘limini tugatgan. «Ruhiyat nasimi» she’riy to‘plami chiqqan. Ayni vaqtda London shahrida yashaydi. BUNChA ShAMOL ESDI SO‘Z ARO *** sen tong bo‘lib davomi…

Dilrabo Mingboyeva (1980)

Dilrabo Mingboyeva 1980 yili Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini bakalavriatini (2003), magistraturasini (2008) tamomlagan. Oliy adabiyot kursida ta’lim olgan. “Yomg‘irzor” she’riy to‘plami, “Timsollar tilsimi” ilmiy-ommabop kitobi chop etilgan. Hozirda “Akademnashr” nashriyotida Bosh muharrir lavozimida ishlamoqda. davomi…

Orif Tolib (1987)

Orif Tolib 1987 yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi Qumbosti qishlog‘ida tug‘ilgan. 2009 yilda O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan. “Gulxan” jurnali va “Iste’molchi” gazetalarida ishlagan. Hozirda “Movarounnahr” nashriyotida bo‘lim muharriri lavozimida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan davomi…