Tursunoy Sodiqova (1944-2017)

Tursunoy Sodiqova 1944 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tamomlagan (1961—1966). Uning birinchi she’ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilgan. Hozirgacha beshdan ortiq to‘plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she’riy turkumining tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she’riy guldastasi davomi…

Rauf Parfi (1943-2005)

Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Ijodi 60-yillardan boshlangan. Dastlabki she’rlar to‘plami — «Karvon yo‘li» (1968). «Aks-sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), davomi…

Omon Matjon (1943-2020)

Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). «Karvon ko‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va davomi…

Shafoat Rahmatullayev (1942-2016)

Shafoat Raxmatullayev 1942 yil 10 mayda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Okko‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan (1965). «Janub shamoli» (1981), «Umid ostonasi» (1988), «Gulob» (1992), «Oeod so‘z» (2003, Saylanma) asarlari nashr etilgan. «Musiqa uslubiyoti», «Musiqa alifbosi» (1991—92), «Boshlang‘ich musiqa davomi…

Muhammad Ali (1942)

Muhammad Ali (Ahmedov Muhammadali) 1942 yil 1 martda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1966). «Fazodagi hislar» (1967), «Shafaq» (1968), «Otalar yurti» (1970), «Dostonlar» (1974), «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» davomi…

Minhojiddin Haydar (1941)

Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. Andijon meditsina bilim yurtini (1958-1960), Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini (1963-1968) tamomlagan. «O‘zbekiston madaniyati» (hozirgi «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, davomi…

Abdulla Oripov (1941-2016)

Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Ilk she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» (1965). «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» davomi…