Azim Suyun (1948-2020)

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatidagi Nukurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening osmonim» (1978). Shundan so‘ng shoirning bir qancha she’riy majmualari («Zarb», 1979; «Zamin taqdiri», davomi…

Tilak Jo‘ra (1947-1994)

Tilak Jo‘ra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyot qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1972). «Rayhon» (1977), «Olam ostonasi» (1980), «Yulduzlar tabassumi» (1981), «Chorrahadagi uy» (1983), «Sanduvoch» (1988), «Ruhiyat» (1990) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Hozirgi turk she’riyati», «Nozim davomi…

Sa’dulla Ahmad (1947-2024)

Sa’dulla Ahmad (Sa’dulloh) 1947 yil 24 fevralda Samarkand viloyatining Narpay tumaniga qarashli Oqtosh shaharchasida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1970). «Alvasti» (1968) lirik dostonini, «Oxun yakkakord» (1973) tragediyasini yozgan. «Ishchi yurakcham», «Ibtido» (1982), «Iztirob» (1990) she’riy to‘plamlari, teatr san’atiga oid davomi…

Otayor (1947-2004)

Otayor (Naxanov Otayor Ibragimovich) 1947 yil, 19 yanvarda Samarqand viloyatining Narpay tumaniga karashli Qoraxitoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1993). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Birinchi she’riy to‘plami — «Ishqim bayoni» (1975). «Lolarang ertak» (1978), «O‘sha ko‘zlar» (1984), davomi…

Geldi Berdiyev (1942)

Geldi Berdiyev 1942 yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Qarshi Davlat pedagogika institutini tugatib, o‘qituvchilik qildi, Samarqand viloyati radiosida ishladi. «Birinchi qor», “Turnalar” nomli to‘plamlari chop etilgan. TAROZI Uni yaratdilar odamlar o‘zi, O‘zaro nizoga qo‘yamiz deb chek. Buzib ham qo‘ydilar davomi…

Abdulhay Nosirov (1946)

Abdulhay Nosirov 1946 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Respublika radiosining adabiy-dramatik eshittirishlar bosh redaktsiyasida ishlagan. Uning «Ko‘zgu», «Urug‘lar» nomli to‘plamlari bosilib chiqqan. *   *   * Kezmayin ne yurtni — dengiz, bog‘, chaman… Oy o‘tmay o‘rtaydi davomi…

Jo‘ra Alimardon (1942)

Jo‘ra Alimardon 1942 yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugallab, o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Uning «Cho‘l taronasi», «Manzildagi o‘ylar»,  «Zamondosh o‘ylari»  to‘plamlari chop etilgan. ChAMBIL Qaytmoqdaman, qadrdon Chambil, Ey, xayolim ulg‘aygan maskan! Qaytmoqdaman, talpinadi dil, Oshiqadi davomi…