Nima eksang, shuni olasan
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir chol yashagan ekan. Uning xotini vafot qilgan, chol balog‘atga yetgan o‘g‘li bilan bir o‘zi qolgan ekan.Otasi o‘g‘lini ikki yildan keyin uylantiribdi. Kelini ishyoqmas, qo‘pol ekan. U har kuni arzimagan narsalardan janjal davomi…
Har kimning bolasi o‘ziga shirin
O‘tmishda bir dehqonning o‘g‘li bo‘lgan ekan. U nihoyatda mehnatsevar, serg‘ayrat bo‘lgani uchun ertalabdan kechgacha kun qizig‘ida oyoq yalang, bosh yalang bo‘lib bir yaktakda ketmon chopar ekan. O‘g‘lini bu holda ko‘rgan otasining unga rahmi kelib:— Ey, bolam, kun qizig‘ida boshingga qalpoq, davomi…
Ota ulug‘, otadan mehmon ulug‘
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Boysun tomonda Murod bobo degan ancha yoshga borib qolgan bir kishi yashar ekan. Murod boboning uchta o‘g‘li bo‘lib, kuch-quvvatda hech kim ularga barobar kelolmas ekan. Ular aql-farosatda ham hammaga ibratli bo‘lib o‘sishgan ekan. Ularning davomi…
Odil podsho
Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. U podsholik qilgan davrda bir kishi bir kishidan yer sotib olibdi. Yer sotib olgan kishi yerni shudgor qilayotganida bir ko‘za oltin chiqibdi. U kishi yer sotgan kishiga aytibdi:— Sotgan yeringdan bir ko‘za oltin chiqdi, davomi…
Bale, bale, bale
Chol bilan kampirning bir kichkinagina hovlisi bor ekan. Chol shu hovlisiga tarvuz ekib, bir tupini ko‘kartiribdi. Tarvuz palak otib gullabdi va bittagina tarvuz qilibdi. U katta bo‘lib pishibdi. Tarvuz pishgan vaqtda chol bilan kampir maslahat qilishibdi. “Bu tarvuzni so‘yganimiz bilan davomi…
Iskandarning shoxi bor
Iskandar Zulqaynarning ikki chakkasida shoxi bor ekan. Qachon sochini oldirmoqchi bo‘lsa, sochini olgan sartaroshni birovga aytib qo‘yishidan qo‘rqib, darrov boshini kesar ekan. Iskandarning har sochini olganda bittadan sartarosh o‘lib, sartarosh kamayib ketibdi. Iskandar bir kuni sartaroshga:— Mening shoxim borligini sira davomi…
Bola — podsho
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U doim maqtanib, “dunyoda mendan zo‘r podsho yo‘q” deb yurar ekan.Bir kuni uning yaqin do‘sti saroyga mehmon bulib kelibdi. Podsho do‘stiga:— Dunyoda mendan zo‘r podsho bo‘lmasa kerak, — davomi…
Tabib bilan kasal
Bir kishi kuygan nonni yeb, yurak og‘rig‘i kasaliga uchrab qolibdi va tabibga borib, kerakli dori so‘rabdi.Tabib u kishiga ko‘z og‘riganda quyadigan doridan berib, har kuni ko‘ziga quyib turishni tayinlabdi.U kishi hayron bo‘lib:— Mening ko‘zim emas, yuragim og‘riyapti-ku, — debdi.Tabib unga davomi…