Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari
Otdim, osmonga chiqdi.(Do‘ppi) Bosh ustida chambarak, Chambarakda kapalak.(Do‘ppi) O‘zi bitta, Tuxumi to‘rtta, Bolasi o‘n oltita.(Do‘ppi) Boshingdagi boshpana, Qish-qirovda gulxona.(Telpak) Kunduzi himoya qiladi, Kechasi qoziqda turadi.(Kiyim) Qora botir qaltiroq, Sag‘irlari yaltiroq.(Qora atlas) Top, topishmoq, Tanga yopishmoq.(Ko‘ylak) Erta turdi,Ikki ayri yo‘lga tushdi.(Shim) davomi…