Karimbek Kamiy (1865-1922)

Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yilgacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko‘pgina davomi…

Muhammad Yusuf Bayoniy (1858-1923)

Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o‘g‘li) (1858— Xiva — 1923) — O‘zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil ko‘rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g‘ijjak chalishda mohir bo‘lgan. Bayoniyning davomi…

Fazlulloh Almaiy (1852-1891)

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini davomi…

Yusuf Saryomiy (1840-1912)

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur o‘g‘li) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlog‘i — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qo‘qon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida o‘qigan va unga atab she’rlar yozgan davomi…

Mahzuna (1811 – ?)

Mahzuna (taxallusi; asl ism-sharifi Mehribon mulla Boshmon qizi, taxminan 1811, Qo‘qon — ?) — o‘zbek shoirasi. Qo‘qonning Qatag‘on daha Mulla Boshmon mahallasidan bo‘lib, otasi mahalla masjidi imomi Mulla Boshmon Oxunddir. Ota-onasi qo‘lida savod chiqargan, arab, fors tillarini mukammal o‘rgangan. Navoiy, davomi…

Dilshodi Barno (1800-1905/06)

Dilshod Otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800, O‘ratepa — 1905/06, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o‘rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatgan. Anbar Otin Dilshod Otinning iqtidorli talabalaridan bo‘lgan. Dilshod Otin g‘azal, muxammas, davomi…

Xiromiy (1796-1891)

Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, Kitob viloyati Charmgaron guzari — ?) — shoir. Ba’zi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urug‘idan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida davomi…

Amiriy (1787-1822)

Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787— Qo‘qon — 1822) — Qo‘qon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qo‘qon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida davomi…