Zikrilla Ne’mat (1961)

Zikrilla Ne’mat 1961 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tugatgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Kalqon, “Щit” jurnallari Birlashgan tahririyatining bosh muharriri. Shoirning “Ikkimizning yoniq ishqimiz”, “Qaytar dunyo” (hikoyalar), “Ostonadan boshlanar davomi…

Farida Husainova (1959)

Farida Husainova 1959 yilda tug‘ilgan. 1976-1980 yillarda Qo‘qon Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qigan. Shoiraning “Sunbulginam”, “Porlayotgan shu’la” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Kuz manzarasi Qushlar tashlab ketdi daraxtni, Qalbi to‘la nolalar qoldi. Zumrad barglar sog‘inch ranggida, davomi…

Rahimjon Rahmat (1961)

Rahimjon Rahmat 1961 yilda tug‘ilgan. Shoir, yozuvchi va adabiyotshunos. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Dala gullari”, “Xastalik daftari” adabiy maqolalar, kuzatishlar va she’riy asarlarni o‘zida jam etgan to‘plamlar muallifi. Sog‘indim Bu o‘tkinchi dunyoga Kelishimning sababi – Ko‘zlaringni sog‘indim. davomi…

Jamoliddin Muslim (1965)

Jamoliddin Muslim 1965 yili tug‘ilgan. 1991 yili Namangan Sanoat institutini suv inshootlari qurilishi muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. “Ko‘kka o‘rlayotgan iztirob”, “Qalb istehkomi”, “Muhabbatli manzillar”, “Shaffof buloqlar”, “To‘kilmas yaproqlar” kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi davomi…

Humoyun (1964)

Humoyun (Humoyun Akbarov)  1964 yili tug‘ilgan. 1980-1985 yillar ToshDU (hozirgi Milliy universitet)ning o‘zbek filologiya­si fakultetida, 1997-1998 yillarda O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Hozirga qadar shoirning “Unutilgan gul”, “Yurakdagi rangin kamalak”, “Dilxiroj”, “Ko‘nglim guli”, “Yoshlik davomi…

Habib Abdunazar (1968)

Habib Abdunazar (Abdiyev) 1968 yil 6 dekabrida Surxondaryo viloyatining Muzrobod tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Manzara» (1995), «Anjir guli» (1999), «Gullarni qo‘msagan og‘och» (2007) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. MA’NO Mavlono Jaloliddin Rumiyga 1. Borlig‘im yetishdi, borlig‘im, illo davomi…

Muxtor Xudoyqulov (1937)

Muxtor Xudoyqulov 1937 yil 1 noyabrda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan (1959). Turli yillarda “Yosh leninchi” gazetasi redaksiyasida adabiy xodim, “Qizil O‘zbekiston” gazetasida adabiy xodim, Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent davomi…