Olimjon Xoldor (1932)

Shoir Olimjon Xoldor 1932 yil 18 sentyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz o‘rta maktabda, so‘ng Andijondagi pedagogika bilim yurtida o‘qiydi. Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgach, avval maktabda o‘qituvchi, Andijon radiosida muharrir, so‘ng jurnal va gazetalarda muxbir davomi…

Farida Afro‘z (1956)

Farida Afro‘z (Bo‘tayeva Farida) – 1956 yil 5 martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1994 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Uning «Qirqkokilligim», «Iztirob ko‘ylagi», «Tunlar isyoni», «Ko‘zim manim…», «Qurbonjon dodxoh» tarixiy dramasi, «O‘zimdan o‘zimgacha», «Poka yest na zemle razluka…», «Ot Faridы davomi…

Sotim Avaz (1952)

Sotim Avaz (Sotimboy Avazov) – 1952 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. 1991 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Uning “Kechikkan bahor”, “Tonggi hislar”, “Huquq”, “Nozbo‘ylarim”, “Hikmatiston”, “Dil va manzil” kabi she’riy asarlari respublika nashriyotlarida chop etilgan. Shuningdek, “Muruvvat chog‘i” romani, “Madrahim Sheroziy”, davomi…

Axtamquli (1964)

Axtamquli (Axtamqul Karim) 1964 yil 20 mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shotirut qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi qoshidagi Oliy adabiyot kursini tugatgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Bodomginam”, “Qarochiqda asraganimsan”, “Bahorimdan kechikkan gul”, “Qirq g‘azal” she’riy to‘plamlari, “Ibratli hayot”, davomi…

Rauf Subhon (1958)

Rauf Subhon 1958 yil 13 martda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetini tamomlagan (1985). Shoirning «Afsonaning davomi» (1989), «Tadrij» (1993), «Alpomish» (nasriy bayon, 2004), «Salomatlik alifbosi» (2007) kabi kitoblari nashr etilgan. «Omon qaytgan tulporlar» (1995) nomli dostoni ham davomi…

Abdusaid Ko‘chimov (1951)

Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil 15 mayda Samarqandning Urgut tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat pedagogika institutining ozbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972).  Ilk kitobi-”Kashfiyotchi bolalar” 1975 yilda chop etildi. Shundan so‘ng uning “Halqa”, ”Qiyofa”, ”Mening yulduzim”, “Umid darahtlari”, ”Chanoq”, ”Ikki bahor” davomi…

Akmal Sayyid (1962)

Akmal Sayyid 1962 yili tug‘ilgan. “Jannati ayollar”, “Molbert ko‘zlari”, “Ilhom azobi”, “Oy to‘lgan tunda”, “Tavajjuh oni” singari kitoblar muallifi. SOG‘INCh Sog‘indim, onajon, sog‘indim biram, Dimoqqa urilgan oqquray totin. Ko‘zimning oldidan ketmas sirayam, Poxol chayla, bola, o‘roqchi xotin. Hovuchgina ovulni oqshom davomi…

Xosiyat Bobomurodova (1950)

Xosiyat Bobomurodova 1950 yili tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent Davlat pedagogika universitetining matematika fakultetini tamomlagan. Ko‘p yillar Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limida mas’ul kotiblik qilgan. Shoiraning “Samarqandga maktublar”, “Qalb titrog‘i”, “Vatan yagonadir”, “Jonimning egasi”, “Bormisan, o‘zbek” va yana davomi…

Hol Muhammad Hasan (1957)

Hol Muhammad Hasan (Xolmamat Hasanov) – 1957 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1983 yil ToshDU (hozirgi Milliy universitet)ning huquqshunoslik fakultetini bitirgan. O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasida xizmat qiladi.  “Ohuva”, “Qadimiy qo‘shiq”, “Ul kuni ustoz dedilar…”, “Suluvlardan suluvsan” nomli she’riy to‘plamlar muallifi. O‘zbekiston  Yozuvchilar  davomi…