Jo‘rabek Ramazonov (1983-2014)

Jo‘rabek Ramazonov 1983 yil Surxondaryo viloyatining Boysun shahrida tug‘ilgan. Tumandagi 1-maktabda tahsil olgan. Ijod namunalari respublika matbuotida elon qilingan. O‘zbekiston yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” seminari ishtirokchisi. “Tavallo” (2003), “Bugun” (2008), “Yur, qochib ketamiz” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Boysun” davomi…

Afandixon Axtariy (1870-1946)

Afandixon Axtariy — asr boshidayoq she’rlari an’anaviy ruhdan milliy ruhga yuz burgan shoirlardan. Chunki millat “zindoni zillat ichra” mahbus, istibdodu jaholat iskanjasida tutqun edi. Bunday chog‘da Axtariy “xizmati milliy”da bo‘lgan har qanday zotni “millatni xushro‘si” deb madh etdi. Millat g‘amini davomi…

Hasanboy G‘oyib (1968)

Hasanboy G‘oyib 1968 yilning 1 yanvarida Tojikiston Respublikasi Tursunzoda (Regar) shaxrida tug‘ilgan. Hasanboy G‘oyibning 2001 yilda «Visol», 2002 yilda «Ruxim ranglari», 2004 yilda «Uyg‘onish fasli», 2007 yilda «Ko‘nglim gullari», 2012 yilda «Yurakning mahzun tunlari», «Hajrida kuyar ko‘ngil» nomli kitoblari chop davomi…

Behzod Fazliddin (1983)

Behzod Fazliddin 1983 yil 20 sentyabrda Namangan viloyati Chust tumanidagi Damobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 2005 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavrlik bosqichini, 2007 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasining xalqaro jurnalistika bo‘limini tamomlagan. «Muqaddas zamin» (1999), davomi…

Bonu (1837-1891)

Bonu (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, O‘sh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — o‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar. Huvaydoning chevarasi. «Meros dedim bobomlardin» masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik iste’dodi ota-bobosidan meros davomi…

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, davomi…

Uzlat (1752/58 – XIX asr)

Asli ismi Muhammad Sharif bo‘lib, Uzlat (Uzlatiy), Mahjur, Nodir (Nodiriy), Sharif (Sharifiy) taxalluslari bilan o‘zbek va tojik tillarida ijod etgan bu shoir Qo‘qon adabiy muhitidagi so‘z san’atkorlari qatoriga kiradi. Shoir Uzlat hayotiga doir ayrim ma’lumotlar shoirning o‘z asarlarida va Fazliyning davomi…

Ravnaq (1725-1805)

Pahlavonquli Ravnaq (1725—Xorazm — 1805) — shoir. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Dastlab Xiva xoni Abulg‘ozi Soniy (1742—47) ni maqtab she’rlar yozgan. 1768 yilda taxtga o‘tirgan G‘oyibxon ta’qibidan qochib, bir necha yil sarson-sargardonlikda yurgan. So‘ng Xiva madrasalaridan birining hujrasida faqirlikda hayot davomi…