Abdulla Qodiriy. Saylovmi, bosqunchilikmi (1917)

Aynan Ulamo va boylarimiz ittifoqga kelmovlari ila barobar saylovni zo‘r tartibsizlik ila o‘tqazdilar. «Sho‘roi islom»ga tovush beruvchiga takfir qiluvlardin va boshqa zo‘rlik ila o‘z no‘mirlarini xalqqa taratuvdin, uchunchi no‘mirni olmay o‘nunchiga tovush beruvni xohlaganlarni mahalladan chiqarmoq, o‘luk-tirigig‘a kirmaslik ila tahdid davomi…

Abdulla Qodiriy. Shodmarg (1917)

Kichik feleto‘n Mulla Karim Hojining yoshi yetmish yoshlarda edi. Yoshliqda boshiga ko‘b jabr-jafolar tushmish, dunyodagi hamma azoblarni tortmish edi. Balki siz «Mulla Karim Hoji juda kambag‘al bo‘lg‘an ekan, shuning uchun faqirlik azobini, ochlik jafosini tortg‘andir», deb o‘ylarsiz. Yo‘q, Karim Hoji davomi…

Halima Xudoyberdiyeva. «Eng qora ish, eng toza ish – bizning ishimiz» (2011)

Bolalik yillarimni eslaganimda olmazor hovlimiz ayvoni oldida uzun qilib tortilgan patgilamning o‘rmagi ko‘z oldimga keladi. O‘rmakning kuzuvini onam bog‘lar, (odatda kuzuvni asosan kayvonilar, ishining ustasi bo‘lgan chevarlar bog‘laydi) biz uning turini (o‘rmak iplari) yugurardik.Keyin onam “Bismillahir rohmanir rohiym” deb ot davomi…

Sirojiddin Sayyid. Olis ishq sog‘inchi yoxud vatan surati (2010)

Olis-olis qirlar ortidan, Boysun tog‘lari adog‘idan dilni orziqtirguvchi navo taraladi. Mo‘ysafid xarsangtoshlar mangulik duosini o‘girayotgandek, o‘rkach-o‘rkach bo‘lib yotgan adirlar asrlardan yodgor karvonlarni eslatadi. Yam-yashil dashtlarda qora suruvlar, osmonning zangori yaylovida esa boqilgan oq hisori qo‘ylar misoli semiz bulutlar sokin kezinadilar. davomi…

Anvar Obidjon. Bolalikdan ayrilish qiyin (2010)

Bolaligimni qo‘msayveraman, qo‘msayveraman… Ichikib-ichikib sog‘inaman…Vaholanki, u zamonlarda hayot yengil bo‘lmagan. Uylar polsiz, qishda pechka topilsa, ko‘mir topilmaydi. O‘tin yoqsang, bir lovullab isitadi-yu, yana tafti so‘nadi. Sandalning ahvoli ham shu. Qor yoki yomg‘ir yog‘sa, tomdan chaqqa o‘tgani-o‘tgan, suv tomchilayotgan joylarga terib davomi…