Olatovsiz meni yetim, chin yetim deb bilinglar,
Bizning uyga kelganda ham Olatov bo‘p kelinglar.
Bu satrlar taniqli qozoq shoiri Abay nomli Qozog‘iston Davlat mukofoti hamda Qozog‘iston Lenin komsomoli mukofotining laureati Tumanboy Mo‘ldag‘aliyev qalamiga mansub. Tumanboy yurak-yuragi bilan qozoq yeri, qozoq eliga maftun, shu bilan birga, qardoshlik, tinchlik, insonparvarlik g‘oyalariga kamarbasta shoir.
T. Mo‘ldag‘aliyevning eng sara she’rlaridan tuzilgan mazkur kitob siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘lar, degan umiddamiz.