O‘zbek xalqining boy adabiy merosiga tegishli ayrim durdonalar hanuzgacha nafis qo‘lyozma holida turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanib kelmoqda. Mana shunday durdonalardan biri Gollandiyaning Leyden universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Sayfi Saroyining yagona nusxa qo‘lyozmasidir.
Bu qo‘lyozmada Sayfi Saroyi 793 hijriy (1390/91) yilda Sa’diy Sheroziyning mashhur «Guliston» nomli asarinn fors tilidan o‘zbekchaga qilgan tarjimasi, XIV asr shoirlarining mushoaralari, fors tilida yozilgan uchta ruboiy, ikkita tarixiy yozuv va ikki variantda yozib olingan to‘rt bandli xalq ashulasi bor.