Oxunjon Hakim. G‘alati dunyo. Saylanma. 3-jild

Oxunjon Hakim. G‘alati dunyo. Saylanma. 3-jild: Esselar, kissalar, hikoyalar, adabiy o‘ylar. — Toshkent, «Sharq», 2014.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshlarida adabiyotimizga lirik shoir sifatida kirib kelgan va o‘kuvchilarga o‘nlab she’riy kitoblar armug‘on etgan O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakim nasr, dramaturgiya, publitsistika, badiiy tarjima sohalarida ham barakali ijod kilib, adabiyot muxlislarining hurmat-ehtiromini qozonib kelmoqda.
Qo‘lingizdagi ushbu asar adib uch jildligining uchinchi kitobi bo‘lib, bir qarashda u xotiralar majmuasini eslatsa-da, aslida kitob kalam sohibining bolaligi kechgan o‘tgan asrning mash’um o‘ttizinchi yillaridagi stalincha dahshatli qatli omlar hamda ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrlardagi xo‘rlik va qashshoqlikka mahkum etilgan xalq hayoti solnomalariga o‘xshab ketadi. Muallif o‘ksik yoshligi misolida bolaligi oyoqosti kilingan millionlab yetim-esir tengdoshlarining qora qismatlari haqida xarob bir qishloq misolida jonli, ta’sirli lavhalar vositasida hikoya qilib beradi. Shugina emas, adib murakkabliklar, fojialar bilan to‘la dunyo ishlariga ham o‘z munosabatini bildiradi. Kitobdagi yumor bilan sug‘orilgan esse hamda hikoyalar, shuningdek, hozirgi adabiy jarayon, ko‘shiqchilik san’ati hakida kuyunchakpik bilan yozilgan publitsistik asarlar ham kitobxonni o‘ylash, fikrlashga da’vat etadi.
Kishini goh kuldirib, goh hushyor torttirib qo‘yadigan rang-barang voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan ushbu asar kitobxonning yaqin suxbatdoshiga aylanib qoladi, deb o‘ylaymiz.

MUNDARIJA

Muallifdan
Qayishqoq zot qissasi
Ilmi bordan qo‘rqqan… dohiy
Cho‘chqa mingan chavandozlar
Temirdan tish kerak
«Oshingizniyam yeymiz, boshingizniyam»
Bilmayin bosdim … palakni
Gaz tushirib berasan!
Ichki tug‘yon
Xizmat ko‘rsatgan artist
«Pomoщnitsa»
«Ozodlik»
«Daraxtga kaltak urma…»
Oqsoqoldan qolgan supraqoqdi
Hali sen ashulachimi?
Ho‘kiz bilan olishuv
Mening qaynotam bittagina
Oddiy askarning hunari
Elkamda yashayotgan odamlar (hikoya)
Qora balo (hikoya)
Dardi dunyoga sig‘magan adib (Y. Sulaymon xotirasiga)