Naim Karimov. 1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”ning fojiali oqibatlari. — Toshkent, 2015.
1937-1938 yillardagi “Katta qirg‘in”ning kelib chiqishi va fojiali oqibatlari to‘g‘risida xorijiy davlatlarda ko‘plab kitob va maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekistonda bu masalaning o‘rganilishi “qayta qurish” va oshkoralik yillarida boshlangan bo‘lsa-da, mustaqillik davridagina shu mavzuda jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Qo‘lingizdagi risola muallifning 2013 yilda chop etipgan “Katta qirg‘in”ning kelib chiqish sabablari va omillari” risolasining mantiqiy davomi bo‘lib, unda 1937-1938 yillardagi dahshatli siyosiy qatag‘onning o‘zbek xalqiga, uning fani va texnikasi, maorif va madaniyati, sanoati va qishloq xo‘jaligiga keltirgan katta talofati to‘g‘risida bahs yuritiladi.
MUNDARIJA
Muqaddima
1-bob. Qo‘rquv va dahshat saltanati
2-bob. Davlat va partiya arboblarining qatag‘on qilinishi — ommaviy qirg‘inning boshlanishi
3-bob. Fan va madaniyat xodimlarining qatag‘on qilinishi
Miyon Buzruk Solihov (1891-1939)
Tavallo (1982-1937)
Ubaydulla Xo‘jayev (1882-1939)
Safo Mug‘anniy (1882-1940)
Ilhom Odiliy (1888-1942)
Lutfulla Olimiy (1983-1069)
G‘ozi Olim Yunusov (1893-1938)
Elbek (1898-1939)
Naim Said( 1902-1939)
Mo‘min Usmonov (1903-1938)
Muhammad Hasanov (1904-1938)
A’zam Ayub (1904-1938)
Otajon Hoshim (1905-1938)
Asil Mansurov (1905-1937)
Sattor Jabbor (1905-1938)
Maryam Sultonmurodova (1905-1972)
Rahmat Majidiy (1906-1983)
Sobira Xoldorova (1907-?)
Sulaymon Amirov (1907-1969)
Sojida Nosirova (1909-?)
Yunus Latif (1910-1941)
4-bob. Xotin-qizlar va bolalarni qatag‘on qilish kompaniyasi
5-bob. Qatag‘on qurbonlarini badnom etish va la’natlash kompaniyasi
6-bob. Sovet davlatining milliy kadrlarni va umuman milliy xalqlarni qatag‘on qilishi va bundan kuzatgan maqsadi
«Katta qirg‘in»ning fojiali oqibatlari (Xulosa o‘rnida)