XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Hakimxon Ma’sumxon o‘g‘li o‘z zamonining iste’dodli tarixchi olimi, adibi bo‘lib, uning «Muntaxabut tavorix» asari O‘zbekiston tarixining XIX asr boshlaridan to Rossiyaga qo‘shilguncha bo‘lgan davrini yoritib beradi.
«Muntaxabut tavorix»dan olinib, kitobxonga taqdim etilayotgan bu asarda olimning Rossiyaga, O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlariga safari, uning sarguzashtliri, shuningdek, O‘rta Osiyo bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga doir qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Kitob tarixchilar, adabiyotchilar hamda sarguzashtlar bilan qiziquvchi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.