Yosii Isamu (1886-1960)

Yosii Isamu (吉井勇; 8 oktyabr 1886, Tokio — 19 noyabr 1960, Tokio) — yapon shoiri, dramaturg, XX asr Yaponiyaning eng mashhur tanka-shoirlaridan biri.

***

Qumli qirg‘oq.
Baliqchi qayig‘iga o‘tirib olib
Seni olaman qo‘ynimdan –
Muxabbat xaqidagi qissa,
Sehrlanib qoldim sen bilan

***

To‘lqin yugirib
Sholoplab qaytdi
Qumdagi men yozgan xatni o‘chirib .
Kim o‘chira olar , ayting kim ,
Motamzada Xatni yurakdan ?

***

O , naqadar orziqar yurak !
Qumtepa kechasi tushar yodimga .
Dengiz g‘alayoni olisda
Chaykalarning g‘amgin shovqini .
Pichirlab aytilgan sevgi izxori…

***

Naxotki shunchalar mayda ,
Arzimas xavotirlarim mening
Xayajon , tashvishlar
Naxotki men unutsam ularni .
Bir ikki qadax vinodan keyin

***

Oyoqlayotir
Yoshlik yana muvaqqat ishrat .
Endi ular bu xayotda
Xech qachon takrorlanmas
Kuchaymoqda kuzgi shamollar…

***

Xushbo‘y tamaki xidi
Suzar xavoda
Daydiyman g‘amgin
Qing‘ir – qiyshiq jinko‘chalarda .
” Gion ” xavosidan simirib yolg‘iz…

***

Poytaxtda ayoz ,
Muzlab qolmadimikan Uchib ketayotib
Qo‘ng‘iroq jarangi
Asta valdirayman
Sovib qolgan soke ustida…

***

Bilganimda edi o‘shal derazadan
Tumanli zulmatlar aro porlagan
Fonarning xira yog‘dusi aro
Sukunatli tunda oynasini
Taqillatgan bo‘lardim albat .

***

Xech kim kelmas
So‘ppaygan yolg‘iz qabrimni
Ziyorat qilmoqqa ko‘zyoshi to‘kib .
O‘lganingdan keyin unutilishingni
O‘ylamoq qayg‘uli…

***

Eshitdim , Bokusiy tark etibdi
Bu telba dunyoni .
O , kuz bunchalar mayus,
Xattoki yurt ba yurt daydib yursamda ,
Xayto yeb – ichsamda , xuzurlansamda ! . .

***

Kamdan – kam odamga nasib qiladi
Totmoqlik namxush qayg‘uni –
Lablar bilan xis qilmoq
Tinimsiz ichilgan sake ta’mini
Xayot va mamotning chegarasida…

***

Fevral oyi ,
Eshitaman olis qaldiroqlarni
Baxorning birinchi aks – sadosin .
Qor yog‘ayapti . Men Krab chig‘anog‘ida
Sake qaynatyapman , yolg‘iz bir o‘zim

***

Qaerda , qanday va qachon ,
Tark etarkinman bu dunyoni men
Men xayotim xaqida o‘ylayman .
O‘limim xaqida fikr qilaman
” Ino ” tekisligida , oydinda

***

Xasratli iztirob !
O‘choqqa o‘t qalayman .
Va tun bo‘yi o‘ltirib
Xasratli o‘yga cho‘maman
Qizargan ko‘mirlarni kovlab , ag‘darib…

***

Sening fikringa qo‘shilmagan
Odamlarni savalash shartmi .
Yaxshisi xivich olib
O‘z – o‘zingni savalab
Mamataloq qilgan yaxshiroq…

***

Xasratli qayg‘ular !
Bugun yana o‘choqdagi ko‘mir cho‘g‘ida
Sake isitaman –
Kundan kun tobora qishga
Singib borayotir ” Nirao ” darasi…

Xoldor Vulqon tarjimasi.