Zahro Nigoh (1937)

Shoira Zahro Nigoh (زہرہ نگاہ) Hindistonning Haydarobod shahrida tug‘ilgan. 1947 yilda Pokistonga ko‘chib kelgan. O‘tgan asrning 50-yillarida taniqli shoira sifatida shuhrat qozongan. Bir necha teleseriallar muallifi.

OY RANGLI DARAXT

Tushda bo‘lganiday
o‘tgan kech esimga oldim,
bog‘imning bir chetida daraxt
oy shu’lasi rangida ekilgan edi.

Qachonlardir uning soyasida o‘ynagan edim
quyosh nurlariga o‘ranib
shoxlarda silkindim
har gal ko‘rishganda yerga engashib.

MEN QILGAN JINOYaT: VA’DA

Bolalarim, sizga gapirganman bu haqda ming bor
O‘ng‘ay o‘rangancha, tinglagansiz mening allamni
Goho chayqaganman, so‘zlar bilan allalab
Nelarnidir va’da berganman sizga
Va’dam – odamlar qismati,
Himoya, shon-sharaf va qadr-qimmat.
Bolalarim,
Qissadagi horg‘in, holdan toygan qiz
Malika emasdi, bu – men edim.
Sehrli koshona
Ko‘zlarda lahzada yonib kul bo‘lgan, bu – mening kulbam.
Agar qaroqlarda qolgan bo‘lsa ninalar
Ular – orzularim,
Hammasi chirmab olgan yoniverimdan
begonamas, tug‘ishgan menga.
Uning hikoyasiga
Singigandir haqiqat-haqqim.
Qayerga qarasa, toshga evrilar,
U yerda mening sevgim
Va minglab olovli dalalar
Sevalaydi qonli yomg‘irlar
Hammasi ichimda ro‘y berayotir.
Bolajonim,
Qissadagi horg‘in, holdan toygan qiz
Malika emasdi, bu – men edim.
Va qayerda tugar hikoya,
Bolajonim,
Paydo bo‘lgansiz,
Sevgi va baxt ramzi tarzida
Abadiy tilaklar orzusi
Kafolati do‘stlik va haqning
Qaysiki, baxtli yakun bilan xotimalanar,
Bolajonim mening, paydo bo‘ldingiz.
Ko‘zlarim, va’da jarohatidan horigan, tolgan
Aksingiz malhamdori yaralarimga.
Beixtiyor qarordan titrayapti qo‘llarim mening,
sizlarga ulfatdir doimiy taskin.
Men iqror bo‘laman,
Men shunchaki chang,
Go‘zal hayratdirsiz
Men yaxshi bilaman,
men vahimali
Sokin bir olamsiz.
Men o‘tmishman,
Erta osmonida yarqiraysiz siz.
O‘zimcha baxtsizman
Biroq umiddirsiz – tinchlantirguvchi.
Bolajonim,
Tuyg‘ularim va iqrorimning aybi ko‘p bugun
Boshimni eggancha, boshimga qo‘yilgan aybni tinglayman.
Atirgul bilan qo‘shib tikanlar teraman, istaklarim chodralaridan.
Bilasanmi,
Tasdiq bu
Inson qismatiga berilgan va’da
Asrash uchun sha’n va qadrni.
Hikoyani eslab, o‘tmishga tikildim,
Uning qiymatidir shu.

Go‘zal Begim tarjimasi