“Ilk mevalar”, “Yashil tosh”, “Urush hidi”, “Ishq shahriga safar” singari she’riy majmualar muallifi. She’rlari qardosh xalqlar tillariga o‘girilgan.
Tojikistonning “Sharaf” ordeni bilan taqdirlangan, xalq shoiri.
* * *
Odamzotni etmabdi hech nom ulug‘,
Nomni qilur hamisha iqdom ulug‘.
Qay ko‘ngilning niyati boshidan pokdir,
Qolar so‘nggi damgacha inson ulug‘.
Ulug‘likka o‘lim ham xalal berolmas,
Ulug‘larni derlar har ayyom ulug‘.
U neniki istadi – tinglay oldi jim,
Shundan bo‘ldi mujdayu payg‘om ulug‘.
Bu hadis ham Jamshidning amalidandir,
Ulug‘larsiz bo‘libdi qay jom ulug‘?
Osmon olib ketmishdir jonlar javharin,
Tan, qarangki tuproqqa in’om ulug‘.
Oy botishi Nur uchun shunday tuyuldi –
Uni bag‘riga olgan oqshom ulug‘.
* * *
Uddalolsang bahoyingni qimmat qil,
Ochib do‘stga mudom qalbing, himmat qil.
Tushib misli qadrsiz pul hamyondan,
Topib olgan kishiga sen xizmat qil.
Muqimdirsan agarki, behuda yurma,
Poyingni mil debon, o‘zni soat qil.
Yomon ko‘z-la boqurga sen bo‘l neknazar,
Buni ko‘nglingga yoz, doim odat qil.
Suvrating pok, lek siyrati poking qani?
Go‘zallik so‘r, vale o‘zni ibrat qil.
Xo‘jand nuri ila qayda yurodursan,
Oyoq osting Quyosh yanglig‘ ziynat qil.
Jamshid, Egamnazar, Abduvali Bekmuhammad tarjimalari