Sergey Anatolevich Maxotin (1953) — rus shoiri, yozuvchi, bolalar uchun yozilgan bir qancha asarlar muallifi.
PLASTILIN KUChUKChAM
Plastilin kuchukcham,
Xafa bo‘lmagin sira:
Plastilin tumshug‘ing
Chiqdi beo‘xshov, xira.
Plastilin duming ham
Bog‘ich ipga o‘xshaydi.
Plastilin biqining
Sal ezilib, qiyshaydi.
Javonda yolg‘izman deb
Qilaverma ko‘p gina.
O‘xshasang o‘xshabsan-da
Buzoqchaga ozgina.
Boshqatdan yasamoqqa
Bir kuni qo‘l uraman.
Hozir bo‘lsa shundoq ham
Seni yaxshi ko‘raman.
MEN BILMAYDIGAN NARSA
Bolarilar asal yig‘ar, bu tushunarli,
Havomizni tozalaydi o‘rmon beminnat.
Yanglishmasam, qanotlarin quvvati-kuchi
Samolyotning parvoziga qiladi xizmat.
Menga ayon: Yer samoning qaysi burjida,
Bir narsaga ammo sira aqlim yetmaydi.
Qanday qilib,
qanday qilib zilday bo‘lsa-da,
Samolyotlar Yerga birdan
tushib ketmaydi?..
Rus tilidan Abdurahmon Akbar tarjimasi