Apollon Nikolayevich Maykov (23 may (4 iyun) 1821, Moskva — 8 (20) mart 1897, Sankt-Peterburg) — rus shoiri, Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1853)
* * *
Oq dengizdan g‘izillab
Qaldirg‘och keldi,
Mahkam o‘tirib olib
Kuylay boshladi:
Fevral oyi, har qancha
Jahl qilsang ham,
Sen – mart oyi do‘q bilan
Qovoq solsang ham,
Mayliga qor yog‘sa ham yo yog‘sa yomg‘ir,
Hamma yoqdan ko‘klamning hidi keladir.
G‘afur G‘ulom tarjimasi
FARIShTA VA ShAYTON
Inson uchun mudom bahsda
Ikki qudratli taraf.
Biri Olloh farishtasi,
Biri Iblis besharaf.
Zafar uchun davom etar
Hayot-mamot kurashi.
Qaysi yo‘lni tanlar inson,
Ketmasmikan adashib?
Nur farishta odam uchun
Sajdaga ham tayyordir.
Mag‘rur shayton esa qurg‘ur,
Qudratli va ayyordir!
Hasanboy G‘oyib tarjimasi