Esentur Qilichev (1952)

Esentur Mukay o‘g‘li Qilichev (Esentur Mukay uulu Kыlыchev) 1952 yil 2 fevralda Qirg‘izistonning Norin viloyatida tug‘ilgan. Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1975).

Ish faoliyatini “Ala-Too” jurnalida boshlagan. Jurnalda adabiy xodim, muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida, Mahmud Koshg‘ariy nomidagi Sharqiy universitetda, K. Karasayev nomidagi Bishkek gumanitar universitetida adabiyot, jurnalistika va tarjimonlikdan dars berib keladi.

Ilk she’riy kitobi “Ovozlar” nomi bilan 1975 yili chop etilgan. Yasunari Kavabata, K.Chukovskiy, V.Shukshin, V.Tendryakov asarlarini qirg‘izchaga tarjima qilgan.

* * *

Qor yog‘ar,
Qor yog‘ar,..
Yana qor yog‘ar Nevaga,
Dupurlatib yelib borar mis otliq.
Suvi yolg‘izgina yetmaydi menga,
Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘riq.

Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘rits,
Suvda langar tashlab turgan kemani.
Olis ovuldan turib unga bog‘liq
Xotirlar bag‘riga urgum o‘zimni.

Unda tosh saroylar turar qad kerib,
Ko‘k gumbazi bilan bo‘ylashib go‘yo.
Qishda ketib yozda yana yo‘l solib
Qaytgan qush singari bo‘lganda paydo.

Ko‘rganlarim borki, o‘sha mahali
Varisi tsalbimda birday sas berar:
Nevadan olganim do‘stlik sayqali —
Tuyg‘ular,
Tuyg‘ular.

Qor yog‘ar…
Qor yog‘ar…
Yana qor yog‘ar Nevaga,
Dupurlatib yelib borar mis otliq.
Suvi yolg‘izgina yetmaydi menga,
Qo‘msayman, ko‘nglimda sog‘inch — bir og‘riq.

Ikrom Otamurodov tarjimasi.