Marselinu dush Santush (Marcelino dos Santos, 20 may 1929) — Mozambik shoiri va siyosiy arbobi. Lilinyu Mikayya, K. Maall, Shikummuami taxalluslaridan foydalangan. Mozambikni ozod qilish FRELIMO fronti faollaridan bo‘lgan.
1947 yili Lissabon universitetiga kirib, Amilkar Kabral, Agostino Neto, Eduardo Mondlane bilan tanishdi. 1950 yili portugal politsiyasi tomonidan hibsga olindi. O‘qishni Parijda davom ettirdi.
SOVG‘A
So‘qmoqdagi oddiy toshda o‘ynagan Shu’la,
Daraxtlarning bargida titragan Shamol,
Qaynoq zamin tomirida ko‘pirgan Daryo —
Bularning hammasi.
Senga o‘g‘ling Ardoqlab,
O‘tib ketgan bolalikning
Orzulari, xotirasida —
Hayot ishqi bilan
Jonlantirib
Olib kelgan
Sovg‘alaridir.
Onajon, muqaddas daraxt shoxidan
Sen uchun to‘qigan gulchambarimni
Ulug‘ ayyom kuni,
Bayraming kuni
Aziz boshginangga kiydirmoqchiman.
Ko‘p kechardi bunday holatlar,
Qar gal kechirganda qilmishlarimni.
Boshimni ko‘ksingga qo‘yganim kabi,
Bugun ham boshimni qo‘yaman asta
Ko‘zing chashmasida cho‘kmoqlik uchun,
Oqib ketmoq uchun to‘lqinlarida
Olis-olis xayollar tomon,
Sening qo‘llaringda namoyon bo‘lgan,
Bizni maftun qilgan xayollar tomon.
Mana, yoningdaman,
Onajon.
Oyoqyalang, horg‘in
Qadam bosganing
So‘qmotsdagi toshlar,
Seni soya bilan kiyintiruvchi,
Qo‘llaring tekkuvchi
Daraxtlar,
Hordiq chiqarmoqqa imkon bermasdan,
Kaftlaringni yuvib
Tanang vodiysida oqqan
Daryolar —
Bularning barchasi
Sen tug‘ilgan zamin sovg‘alaridir.
Mana, yoningdaman,
Onajon!
Ma’ruf Jalil tarjimasi