Nozim Ahmadli (1953)

Nozim Ahmadli (Nazim Əhmədli) Ozarboyjonning Lochin rayonida 1953 yili tug‘ilgan. 1970 yillarda ozar adabiyotiga gurillab kirgan shoirlardan. “Bir umr sevgi”, “Ruhim ham saning bo‘lajak”, “Men bir gunohkor bir elchiman” singari she’riy, “Afv ayla mani” nomli g‘azallar, “Mening generalim” qissasi, “Qiz tabassumi” hikoyalar kabi qator kitoblari chop etilgan.
U shoir, nosir, publitsistdir. Asarlari chechen, ingliz, yapon, olmon, rus, turk tillariga tarjima qilingan. O‘zi ham xorij tillaridan ozarbayjonchaga tarjima qiladi.
Ozarbayjon Yozuvchilar birligining Badiiy adabiyot bo‘limi rahbari.

SALOM AYTING

Bu yozning chechak yuziga,
gul yuziga salom bo‘lsin;
dunyoning o‘ng yuzin ko‘rdik,
so‘l yuziga salom bo‘lsin;
kimdir ranjib ketarmish,
yuragida dard ucharmish;
bu dunyoning yonib so‘ngan,
gul yuziga salom bo‘lsin;
u yoniga, borishiga,
dunyo sig‘mas dorishiga;
o‘lik kabi turishiga,
o‘lishiga salom bo‘lsin;
ko‘k yuzi boqar yuzimga,
bulutlar yog‘ar yuzimga;
dunyoning chag‘ir yuziga,
yo‘l yuziga salom bo‘lsin;
kim aytsa, yolg‘on deydi,
o‘lgan o‘lib, qolgan deydi;
aqlligi salom deydi,
dallisiga salom bo‘lsin;
gul bo‘ldim vatan yuziga
ko‘ylagim ketgan yuziga,
tuprog‘in oftob yuziga,
bol yuziga salom bo‘lsin;
qozilarning asosiga,
shahidlarning qissasiga;
Muhammadiga, Musosiga,
Alisiga salom bo‘lsin;
tushimni yozaman, yuzimga,
gunohim yozing, o‘zimga
dunyoning qizil yuziga,
lol yuziga salom bo‘lsin;
eh, buncha ko‘p baxtsiz qolgan,
taxtdan tushib taxtsiz qolgan;
bu dunyoning baxtsiz qolgan,
gul yuziga salom bo‘lsin.

JONIMDA HALI YoZ EDI

Kecha yoridan kechib,
cho‘lda hali ayozdir;
qiz ko‘pdan kutar
tog‘lar hali bayozdir;
tepalar ko‘ndalangdir,
cho‘qqilar gavdalandi,
bulutlar kundalandi,
orasida Oy ozdir;
er ko‘chdi, lolam ketdi,
jonida alam ketdi;
qo‘lida qalam ketdi,
falak ne yozdi, yozdi;
dunyo nega tug‘ilur,
go‘zalliklar yog‘ilur;
puchning umri ko‘p bo‘lur,
yaxshilar yomon ozdur;
suvlar lol oqur, oqur;
yuzidan hasrat boqur;
sochlarimga qor yog‘ur,
jonimda hali yozdir.

BIZ KO‘K YuZIDAN

Biz ko‘k yuzidan kelurmiz,
U buluti serob yerga,
Yo biroz qurisin;
bir bardaga to‘ldir, ichim
qir suvlarin en turishin;
qaydan keldi, oq otlilar,
har tarafga o‘q otdilar;
yog‘iylarin yo‘q etdilar,
yog‘iylardan dard darisin,
yo‘llar uzoq, manzil yaqin,
hasrat kelar oqin-oqin;
qo‘llarimga qanot taqing,
otganim dardning barisin;
yozdan darak, yoydan darak,
u to‘ydan, bu to‘ydan darak;
kuzga ham gul tutish kerak;
gullarning eng sarasini;
o‘ting ko‘zingdan ko‘ringay,
ishqing o‘zingda ko‘ringay;
biz ko‘k yuzidan kelurmiz,
samolar bizni asrasin.

BIR OZ

Bir oz qalbidan tanish,
Sasing ohista kelur;
sochimga tushgan qorning,
so‘rog‘i qishdan kelur;
dunyoning to‘rt yoni suv,
er yuzining qoni suv;
sevgilarning hammasi,
bir ilk boqishdan kelur;
bu ham umring yarasi,
qo‘zg‘ar dardning barisin;
tizlarimning og‘rig‘i,
ba’zan noxushdan kelur;
kimdir dardning opasi,
ko‘zlaringda nolasi;
Saning og‘riq, ochishing,
ko‘zdagi yoshdan kelur;
o‘t so‘nib shamdon kelur,
kecha kelur, shom kelur;
ruhim oqshomdan kelur,
To‘nib ovozdan kelur.

OLLOHNING BIR OTI BOR

Ko‘kda qora bulutning,
Yonoqlari suvlandi;
yog‘iy kirdi bu yurtga,
har yerini taladi;
yaproq yozmadi bu yoz,
qushlar uchmadi bu yoz;
falak sochmadi bir oz,
qo‘yningdagi ilondir;
ko‘chim qayga tashildi,
ko‘k yuzi bir qusundi;
dalli ruhim qisindi,
bir gunohga belandim;
otlilar, qon otlilar,
ruhimni qonatdilar;
bizni qayga otdilat,
dunyo dori balanddir;
endi kimning yurti bor,
dunyoni ters qurdilar;
Allohning bir oti bor,
qolganlari yolg‘ondir.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi