Ganira Poshayeva – Ganira Alasqar qizi Poshayeva (Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı) 1975 yil 24 martda Ozarboyjonning Tovuz tumanida tug‘ilgan. Siyosatchi, davlat va jamoat arbobi, jurnalist, shoira. Ozarbayjon Respublikasi Milliy majlisi deputati. “Nobel mukofotini olgan ayollar”, “Tarixga nomi kirgan ayollar”, “Xojali fojiasi shohidlari tilidan”, “Sendan so‘ngra”, “Turk ruhining so‘z bayrog‘i Ahmad Javod” kitoblari chop etilgan. Uning ozar, turk, o‘zbek tillarida she’riy kitoblari nashr etilgan.
ONA
Bu kecha yota olmadim, ona,
36 yoshning qo‘rquvi bor edi ichimda.
Meni 37 ga oborar kechaning saharida sovuq bor.
Sovqotdim, ona!
Butun kecha
Sasing keldi quloqlarimga –
O‘tmishdan sasing kelardi:
“Katta qizim,
Esli qizim,
Gapir, qizim!” – deyarding.
Men katta bo‘ldim, ona.
Tarixning eng shavqatsiz yillarida,
o‘sganman ona!
Dil ochdim, ona,
Hayotning eng qiyin yo‘llarida
Ulg‘aydim, ona!
Shavqatsiz bo‘ron bo‘ldi,
Yiqilib – qalqishlar bo‘ldi…
Qoqildim, yiqildim, turdim,
Ammo jonim ko‘p og‘ridi,
Yuragim ko‘p og‘ridi, Ona…
Sen menga bu dunyoda
Xotin bo‘lmoqning,
Bunday qiyin ekanini,
Aytmovding axir…
Oyoqlarda tik turmoq,
Nomus bilan yashamoq,
Haqiqatni so‘zlamak istasang,
Xotin bo‘lmoqning badali ko‘p
og‘ir ekan, ona!
Sen menga bunday demaganding, axir…
Hech kimga ko‘rsatmadim ko‘z yoshlarimni,
Ichimga oqizmoqni o‘rgandim, ona,
Xushbaxtlikni o‘ynamoqni…
Yuragim hovchimda,
Boshim istar kezmakni.
Ko‘rolmaslarni sevintirmoq uchun,
Yiqilmoqni o‘rgandim, ona!
Yolg‘on kulgularni o‘rgandim va
Kulguning aslini unutdim.
Xushbaxtlikni o‘ynamoqni a’lo o‘tgandim ki,
Xushbaxtlik aslida qandayligin
unutdim…
Bu kecha
Ovozing keldi quloqlarimga –
Menga asta tanishtirding,
Yaxshilikni hamisha chora qilib kelishingni aytarding.
Mana zo‘r 36 yil xayrining g‘alabasini ko‘zladim,
Zor qilib kelgandi yig‘ladim, ona!
Saning qadamlaring bunday azobmidi axir…
Seni tinglardim, jon ona,
“Biri bordir, biri yo‘q “.
Seni tinglardim, ona,
Mening naqlimda
“Biri yo‘qdi”lar yana ko‘p bo‘ldi, axir…
Ulg‘aydim, ona,
Yana u qiz deydilar,
Og‘riq va ko‘z yoshlar bilan
Ulg‘aygan xotinman…
Yodingdami, ona,
Ka’baga ketardik,
Sen berkitib duo qilarding.
Birdan sendan
Kimga duo qildingiz deb
so‘radim,
Yuzimga boqib:
“Ona bo‘lganda bilasan” – deding.
Men ona bo‘lmadim, ona…
Ammo seni oz bo‘lsa-da,
Anglayveraman.
Orqadan urgan do‘stlarni,
Qalbimni berganim sevgimning
O‘gay boqishlarini ko‘rganda,
Angladim, ona.
Sen suyana oladiganim
Yolg‘iz borliqsan…
Sevinchimni bo‘lishdim sen bilan,
Ammo ezilmagin deya
G‘amlarimni bo‘lishmadim, ona.
G‘amlarimdan uzilmasin, deya,
Aslida anduhimni bir san ko‘rding,
Ilk savdom toshga tekkanda,
Meni yolg‘iz sen anglading.
Men senda ko‘rdim insonni
Qanday anglamog‘in
sassiz bo‘lganini…
Sevganii manga
– Sen manim hech nimamsan! –
Degandan besh daqiqa o‘tganda,
Sen menga –
Sen mening har narsamsan! –
deganding.
Sen menga buni deganingda,
Men seni emas, uning har narsasi
Bo‘lmoq istardim.
Ammo hamisha shunday bo‘ldi,
Yonimda hamisha sen bo‘lding,
ona…
Sening ko‘zlaringda
G‘azablarning eng go‘zali bo‘lardi,
Kimlardir meni yig‘latganda.
Ko‘zlaringda olovlarning eng qaynari bo‘lardi.
Kimlardir meni aldaganda…
Qochqinlarning yurt hasratini,
Otilgan go‘daklarning ko‘z yoshlarini
Ichimdan o‘tkazdim.
Toledan topmaganlarni, hurkak boqishlarini
Ichimda his ayladim.
Jangga yuborgan do‘stlarimning,
Ko‘zlarini, orzularini, xayollarini
Hech unutmadim, ona…
Meni og‘riqlar o‘stirdi,
Yana kuchli bo‘ldim, ona!
Yoshlikning, ishqning, savdoning dodi,
og‘riqlarda, savashlarda
o‘tib ketdi.
So‘ngra sevgini taniganda
U endi mendan qochardi…
37 yoshimga chiqdim, ona,
Tongqala otilgan Jannadan,
Vatan yo‘lida Kirning boshini kesgan To‘marisdan,
Iskandarga adolat darsi bo‘lgan Nishabadan,
Sevgi shahidi Laylidan,
Yana ko‘p yashadim, ona!
Ammo na To‘maris bo‘la oldim,
Na Nishaba, na Janna,
Layli ham bo‘la olmadim, ona…
Evaziga sening har narsang bo‘ldim,
Mani go‘dakligimga obor, ona,
So‘ngi xushbaxtlikda yashagan
odamlar donish.
“Biri bor”lari ko‘p bo‘lsin,
37 yoshimning ilk tongini
Saning naqllaringga inonib ochmoq istayman.
Dilbar Haydarova tarjimasi