Bobo Vaziro‘g‘li (1954)

Bobo Vazir o‘g‘li Mesimov (Məsimov Baba Vəzir oğlu) 1954 yil 10 yanvarda Ozarbayjonning Ismailli rayonidagi Mulla Isoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir, nosir, tarjimon, kinodramaturg. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Moskvadagi M. Gorkiy nomli jahon adabiyoti institutida tahsil olgan. Ozarbayjon kinomatografiya uyushmasi rais o‘rinbosari. “Shuxrat” ordeni sohibi. 1000 dan ortiq she’rlari qo‘shiqqa aylangan. O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva uning “Senga nigoronman” “Kechirdim seni” nomli qo‘shiqlarini ijro etgan.

VATAN

Tonglarga yo‘l ketgan kami bizniki,
Uning har sevinchi, g‘ami bizniki.
Tuyg‘usi, omadi, Vatan atalur –
Bir yerda to‘yingan qalb ham bizniki.

Vatan bir Quyoshdir, biz zarrasimiz,
Vatansiz qo‘ymagin, Tangri barimiz.
Tuproqni, vatanni sevganlar uchun,
Balki orolanar bu yer kurrasi.

Vatan “yon” deganda olishmoq kerak,
Vatan ” jon” deganda bormoqlik kerak.
Bir vatandosh kabi biz o‘zimizdan –
“Vatan-chun ne etdik” – so‘ramoq kerak.

Vatan – a’lo ontdir, kechilarmi hech,
Vatan – bir zirvadir, kichirarmi hech,
Toleyim, qismatim yozuvidir bu,
Onadir, Vatandir, kechilarmi hech?!

Sensan eng muqaddas ontimiz Vatan,
Jonimiz, vonimiz, otimiz Vatan,
Saning har kuningda do‘st – dushmanimiz,
Bilinur aslimiz, yotimiz Vatan…

Hilpirar bayrog‘ing Quyoshga qo‘sha,
Ozod Ozarbayjon, bor bo‘l, ming yasha!..

SEVGI AYRILIQDAN…

Men uzoq safarga yo‘l olgan kema,
Seni tark etaman bandargoh kabi.
Qo‘rqma ayriliqda turgan qo‘limni,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir valloh.

Dunyoda bor sevgi qanchadir bilchi,
San manim tilimning azali, ilki.
Qo‘rqma ayriliqdan, o‘lim emas ki,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir, valloh.

Sen hali bilmaysan ayriliq nadir,
Har safar ko‘nglingni qisar, ingratur,
Ayrilgan tanadir, ruhim sandadur,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir valloh.

Sensiz hayot emas umr, kun manga,
Tanho sen yurakdan yongan sen manga,
Qo‘rqma ayriliqdan, inon sen menga,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir valloh.

Qo‘rquv intizorlik yig‘lar ko‘zingda,
Qancha yolvorish bor, aytar so‘zingda,
Bir kun biladursan a’lo o‘zing-da,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir e voh.

Ne farqi yaqinman yodda uzoqman,
Hamonki saningman qanchalik sog‘man.
O‘lsam u dunyodan qaytib kelaman,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir, e voh.

Ko‘z yoshi abasdir, chiqib ketaman,
Ko‘nglimni o‘tlarga yoqib ketaman.
Men senga, hamiyat, subut etaman,
Sevgi ayriliqdan kuchlidir e voh!..

MENIKI BO‘LAR…

Kelsang, ko‘zlaringda moviylik kelar,
Yomg‘ir bulutlari sevgiga do‘nar.
Sen ketsang, samolar ko‘zi yoshlanar,
Bir sening hasrating yana boshlanar.

Kelsang bahor kabi, sani eslayman,
Ochilgan har gulni baxtim degayman.
Sen ketsang bu gullar, sensiz so‘lgaydir,
Bir sening hasrating manim bo‘lgaydir.

Kelsang, sirli tog‘lar o‘sib ketadi,
Kelsang yer kurrasi, bayram etadi.
Sen ketsang, bu dunyo yolg‘iz qolgaydir,
Bir sening hasrating, g‘amga qorgaydir.

Kelsang, bir dam do‘nma omon- omondir,
Kelsang, qo‘rqib dema, yo‘llar tumandir.
Sen ketsang, ko‘nglimni tuman oladi,
Bir sening hasrating, manim bo‘ladi.

XOTIRADIR

Yana yonar bu o‘choq,
Yonib, kuli qoladi.
Bilmam ne bo‘lar bu choq,
Qolgani xotiradir.

Qor yog‘ar to‘kib borin,
Yuzi kular tog‘larin,
Bu yashil yaproqlarin,
So‘lgani xotiradir…

Ey chamanim chechagi,
Nega soldi lachaging?
Bu dunyoning to‘g‘risi,
Yolg‘oni xotiradir…

Nega chiqdik yo‘lga biz,
Jo‘shib, toshar bu dengiz.
Bir dostondir sevgimiz,
Har yoni xotiradir.

Hayoldir, yo‘qsa yolg‘on,
Kelib, ketdi qay zamon?
Sevgining umri bir on,
Qolgani xotiradir.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi