Eduardas Mejelaytis (1919-1997)

Mejelaytis Eduardas Benyaminovich (Eduardas Mieželaitis; 1919.3.20, Litva Respublikasi — 1997, Vilnyus) — Litva xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943).
Ijodi 1935 yildan boshlangan. Dastlabki sheriy to‘plamlari («Lirika», 1943; «Vatan shamoli», 1946) Litva xalq qo‘shiqlari, ertak va afsonalari ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ularda ayni paytda Salomeya Neris lirikasiga xos xususiyatlar sezilib turadi.
«Qardoshlik dostoni» (1954) «Begona toshlar» (1957), «Yulduzlar etagida» (1959), «Kaxrabodagi quyosh» (1961), «Avtosurat. Avialavhalar» (1962), «Janubiy manzara» (1963), «Kardiogramma» (1964), «Sozim» (1974) kabi she’riy to‘plamlar muallifi.
Mejelaytis bu asarlarida shakliy izlanishlarga alohida e’tibor bergan holda voqelikni chuqur falsafiy idrok etish, lirik qahramonning ruhiy olami va mohiyatini murakkab obrazlar silsilasida ochishni o‘zining asosiy ijodiy tamoyiliga aylantirib bordi. Mejelaytis «Inson» (1961) she’rlar kitobida o‘ziga zamondosh inson obrazini kosmik kengliklarni o‘zlashtira boshlagan xalqning timsoli, o‘zgarib borayotgan jamiyatning to‘la qonli egasi sifatidagi obrazini yaratdi. Ushbu asar shu davrda o‘zbek she’riyatida inson obraziga e’tiborning kuchayishi, inson va ezgulik mavzuining katta mavqe kasb etishiga turtki berdi.
Mejelaytis lirik she’riyat bilan birga esse janrida ham samarali ijod qilgan. Uning «Lirik etyudlar» (1964), «Non va so‘z» (1965), «Tungi kapalaklar» (1966), «Bu yer — Litva» (1968), «Antakolnis barakkosi» (1971), «Monologlar» (1981), «Soz va moybaliq» (1984) kabi kitoblaridan yoshlik xotiralari, Litva shoirlarining va o‘zining ijodiy tajribalari haqidagi, Litva madaniyati va she’riyat haqidagi o‘y-mulohazalari o‘rin olgan. «Inson» she’riy to‘plami o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1963).

INSON

Er shariga oyog‘imni mahkam tirab,
Quyosh sharin ushlaganman qo‘llarimda.
Men turibman ikki sharning orasida —
Men ham quyosh hamda yerning insoniman.
Miyam bag‘ri va miyamning qatlamlari
Go‘yo ma’dan konlaridek juda chuqur.
Men qaziyman uni ko‘mir qazigandek,
Eritaman uni temir eritgandek,
Dengizlarda kezayotgan kemalar ham, —
Quruqlikni o‘rab olgan poyezdlar ham,
Parrandalar davomati — samolyotlar,
Hamda yashin taraqqiysi — raketalar.
Men bularning barchasini yer shariday
Yum-yumaloq o‘z boshimdan qazib oldim.
Uzida nur, baxtu iqbol taratuvchi,
Uz bag‘ridan insonlarga makon bergan,
Er yuzida bor narsani jonlantirgan
Shu yumaloq quyosh shari — mening boshim.
Men bo‘lmasam yer nimadir? Jonsizdir u,
U yalpaygan, ajin bosgan bir shar xolos.
Poyoni yo‘q bo‘shliqlarda adasharkan,
Aksin ko‘rib oyda go‘yo ko‘zgusimon
Bildi o‘zin o‘lik, xunuk ekanligin.
Alamidan yaratgandir meni shu yer,
Xafaqonlik minutida etdi taqdim
Er, quyoshga juda-juda o‘xshab ketgan
Shu yumaloq sharday boshni menga shu yer.
Hamda mening shu kichkina boshim shari
Juda ulkan yer sharidan bo‘ldi afzal.
Er bo‘ysundi men — insonga, bo‘yin egdi,
Men ham unga bag‘ishladim ko‘rku husn.
Ha, yer meni yaratdi-yu, so‘ngra o‘zim
Erni yana qayta boshdan etdim bunyod —
Yangi, yaxshi, serlatofat yer bo‘ldiki,
Oldin shunday bo‘lmagandi u hech qachon
Er shariga oyog‘imni mahkam tirab,
Quyosh sharin ushlaganman qo‘llarimda.
Er va quyosh orasida ko‘prikman,
Men orqali
quyosh chiqar yer yuziga.
Er quyoshga ko‘tarildi men orqali,
Olachipor karuselni ko‘rgandirsiz,
Ular shunday aylanurlar atrofimda.
Dunyoda bor kashfiyotlar va asarlar,
Haykallar ham mening qo‘lim ijodidir:
Aylanurlar atrofimda shaharlar ham,
Koshonalar va asfaltli maydonlar ham,
Qatnovchilar gavjum bo‘lgan ko‘priklar ham,
Samolyotlar, laynerlar ham — atrofimda,
Raketalar aylanurlar atrofimda.
Shunday turdim:
juda go‘zal, oqil, qat’iy
Muskullarim bo‘rtib turar, yelkadorman.
Erdan o‘sib quyoshgache yetar bo‘yim,
Erdan quyosh tabassumin
tashlagan — men.

YuRAK

Yurak nima?
Qattiq toshmi?
Nima ekan?
Po‘sti qizil bir olmaga o‘xsharmi u?
Qobirg‘alar orqasida urib turgan,
Er shariga o‘xshaguvchi
bir sharmi u?
Har holda ham u hayotiy fazilatni —
Bor xislatni o‘z-o‘zida etibdi jam.
Shuyaing uchun men bilmayman farog‘atni,
Shuning uchun bosh qo‘shaman har ishga ham.
Tong chog‘ida Kaptarlar-la uyg‘onaman,
Er ustida baxt qo‘shig‘i yurar uchib.
Shunda nurlar qo‘ng‘iroqni tebratarkan,
Yuragim ham oftobdan ketdi cho‘chib.
Ikkisi ham tong chog‘ida beqarordir,
Sig‘dirolmas ko‘kraklarga o‘z baxtlarin.
Qo‘ng‘iroqqa o‘z xonasi go‘yo tordir.
Tolpinadi yuragim ham erklik sari.
Tivglaysizmi urishini?
Tezroq, tezroq!—
May bo‘roni qo‘ng‘iroqni tebratadi.
Baxtdan qalbim yorilishga yetdi shu choq;
Qo‘ng‘iroq xam go‘yo shu dam darz ketadi.
O‘z siynamda shodlanmoqda u qo‘ng‘iroq;
Men kuylayman, olqishlayman — o‘zim shodman.
Iliqqina shabbodamas esgan biroq,
Quturmoqda qor bo‘roni, yovuz bo‘ron.
Asrimizga yog‘ar bomba, raketalar,
Asrimizga osoyishlik bermas ular.
Shoir qalbi cho‘chib ketgan daqiqalar,—
Insonlarning qonli qalbi
tez-tez urar.
Qayerdaki qay insonga otsalar o‘q,
Shu on mening yuragimdan
joy olar o‘q.
Unda shuncha o‘q ko‘pdirki,
aytish oson,
Qalbim yerga engashibdi allaqachon.
Qayerdaki interventlar zo‘rlik bilan
Uzgalarning yerlariga
qo‘ysa qadam,
Og‘riqlardan zo‘r portlag‘ich to‘ldirilgan
Minani u — yuragimni
bosar shu dam.
Jahon bo‘ylab oqar giryon daryolari,
Yuragimga
quyiladi
uning bari.
Yuragimga gunohsizlar
qoni to‘lar.
Halok bo‘lgan qurbonlarning
qoni bular.
Shuncha oqqan
inson qoni,
uning bari
Tomirimdan oqib tushar
siynam sari.
Ko‘z yoshiga,
qo‘rg‘oshinga,
qonga to‘lgan
Er yuzida bor azobni aylagan jam,
Tinchlik bilmas shu beqaror shoir qalbi.
Balki pishib yetilajak chinakam ham
Qip-qizarib turgan o‘sha olma kabi,
Mayli, shoxlar novdalarni sindirsa ham
Tushsin ulkan va jonajon yerga bardam.
Siynamdagi
qafasidan
bo‘lsin ozod.
Qabul etgum har o‘limni xurramu shod.
Va kelgusi baxt kuylari bo‘lmay ado,
Berib tursin istiqboldan aks sado.


KO‘ZLAR

Ikki ko‘z
Boqar edi olamga yulduzlarsimon.
Ba’zi kunlar — yarador qushlarday ular.
Titraydi so‘nayotib, bir ramag‘da jon,
U ko‘z qorachig‘iga dardin yashirar…
Ikki ko‘z —
Ochlik azoblaridan non deb qaqshardi,
Kanday bejolanar, javdirar, afsus!
Ikki qizil bayroqqa xuddi o‘xshardi
Usha ikki ko‘z.
G‘animlar
Poylab, pisib, g‘azabga to‘lib,
Ko‘zlarga o‘lim xavfin solsalar agar,
Ikki ko‘z —
Go‘yoki ikki o‘q bo‘lib,
Yov qalbiga muqarrar borib qadalar…
Ikki ko‘z —
Ikki ariq dalaga oqadi shu tob,
Endi unda na qon bor va na bor alob,
Bari cho‘kmish tagiga. Shu ikkala ko‘z
Qalin baroq qoshlar ostida kulib,
Oqa boshlaydi xushro‘y ariqcha bo‘lib…
Bulut bosguday bo‘lsa—o‘shanda, afsus, —
Xiralanib, qayg‘uga cho‘mar
ikki ko‘z.
Bulut yomg‘ir yog‘dirib ketadi o‘tib,
Ko‘zlar
yana quyoshdan porlar yarq etib…
Ko‘zlar —
goho g‘amgindir,
goh — quvnoq ular,
O‘zgalarni ham maftun etmoqchi bo‘lar…
Ko‘zlar istaydiki, yorqin va ko‘rkam
Yo‘lida g‘ov bo‘lmasin hargiz, hech qachon
Hech qanday yovuz niyat.
Avvalgidan ham
Bo‘lsin yana ham quvnoq,
yana nurafshon,
Inson, osmon, qishloqlar tinch olsin nafas,
Va lekin suvning mavji abadiy emas,.
Allaqanday noma’lum biron soatda
Oqishin to‘xtatadi birdan albatta —
Ikki ko‘z,
ikki chashma,
mening ko‘zlarim.

FIKRLAR

Fikrlarim
qush singari yuksakka uchdi,
Parvozlari tezlashadi yana kunma-kun,
Yulduzlardan o‘tib ketdi, fazoni quchdi.
Erning tortish qudratin ham yengoldi butu»,
Zulmat davri kelishini bizlar rad etdikg
Unda halok bo‘lur edi she’riyatimiz!
Kreml yulduzlari bilan yana boyitdik
Ham husndor eta oldik
samovotni biz.
Yorug‘ yulduzlarimizga tashlayman nazar,
Uzimiz-ku uchirolgan ularni bardam,
Ag‘darilib tushmas yerga hech qachon ular,
Yana ravshan charaqlaydi ko‘kda dam-badam.
Vaqt hargiz keta olmas
fikrimdan o‘zib,
Kelmagandir bu dunyoga shunday chavandoz!
Ming yillarning etagida mana men o‘zim,
Ha, men o‘zim tik turibman g‘olib, sarafroz!’
Mening fikrim
Tog‘lardan ham o‘toldi omon,
Kengliklarda, erkinlikda
Qurdi oshiyon.
Yulduzlarning orasida — yuksak osmonda
Fikrlarim uya qurdi manguga endi.
G‘amga botar, ma’yuslanar ba’zan oshyonda
Sog‘ingandan qanotlari zirqirar edi.
Uzoq yerda bir-biriga hamma qarindosh,
Juda aziz, qimmatlidir kecha o‘tgan kun!
Fikrlarim tushadilar ohista, yuvosh
Paykallarda traktor-la yurmoqlik uchun.
Mana zavod qo‘rasidan uchib o‘tib jim,
Har bir uyning tepasida bir zum ko‘rinar,
Va nihoyat, fikrlarim, mening sevganim,
Ko‘p dilrabo bir ayolning qo‘liga qo‘nar.
Qalin o‘tlar orasida borurlar cho‘kib,
Tumshuqlarin ariqlarda yuvib olurlar,
Va qip-qizil mevalarni birma-bir cho‘qib,
Mevalarni yig‘ishtirib she’rga solurlar.
Kechalari novdalarda oladilar dam,
Tong otganda uchmoq uchun yulduzlar tomon,
Ona yurtda tush ko‘rurlar juda ham ko‘rkam,
Fikr — qushlar dam olurlar bexavf, begumon…
Tongda yana boshlanajak
uzoq sayohat!
Yiroqlarda qo‘shilishib ketadi birdan,
Yulduzlarning jozibasi — mislsiz qudrat
Ko‘p qadimiy yerning tortish qudrati bilan.

OLMA

Yulduzlar samosi ostidadirman, tungi osmon ustimda.
Yulduzlar olmasi jimirlashadi tillasimon ustimda.
Charaqlashar ular hamon ustimda!
Olma daraxtiga — shu koinotga hayrat-la boqdim so‘zsiz,
Nimaga o‘xsharkin planetamiz, shu ajoyib yerimiz?
Qanday tusda ko‘rinadi yerimiz?
Ko‘rsamki kattakon yer kurrasini bir oz tasavvur qilib,
Go‘yo o‘z ustimda yumaloq olma turgandaydir osilib,
Turgandaydir shoxlarida osilib.
Olmaning quyoshga boqqan tomoni ko‘pdan qip-qizil edi.
Boshqa tomoni ham asta-sekin qizara boshlar endi.
Bu yoni ham qizara boshlar endi.
Olmaning etini tajribali qurt zo‘r berib kemirmoqda,
Emoqchi bo‘ldi-yu mag‘zin ham, biroq—olma turibdi shoxda.
Yo‘q, tushmaydi, tura beradi shoxda…
Bog‘boni oqildir va mirishkordir. Olmaning u yog‘i ham
Etilib pishadi, pushti rang kirib, qizarib bo‘lar ko‘rkam.
U butunlay qizil bo‘ladi, ko‘rkam.
Yulduzlar samosi ostidadirman, tungi osmon ustimda,
Yulduzlar olmasi yetilmoqdadir tillasimon ustimda.
Sezsamki:
olmalar qizarmoqdadir
endi har on ustimda.

T. Fattoh tarjimalari

QO‘NG‘IROQ

Qarag‘aylar arfa toriday go‘yo,
Ular uzra ulkan bir qo‘ng‘iroqday,
Bahoriy osmon ham bermoqda sado.
Dengiz uzra mitti kemalar.
Tinmay –
Bir chag‘alay suvga to‘sh urar chaqqon.
Ortidan to‘lqinlar quvlashar, kular,
Quyosh shu’lasidan borliq nurafshon…
Olam markazida – tutashgan qo‘llar.
Ko‘z oldimda qasr.
Xayoliy,
yiroq,
O‘ylarim uchadi
samoni tilib.
Yurak talpinadi negadir chanqoq,
Qushlar parvoziga
intilib…
O, tasavvur!
Senda kenglik va parvoz,
Ayni tush…
Baliqlar suzar bemalol.
Oltinrang qirg‘oqlar…
Qahrabo dengiz…
To‘rlar qismat kabi
sirli va chigal…
Moviyrang bahoriy osmonda bu dam
Shafaq yoqayotir qip-qizil gulxan.
Jaranglaydi samo
bir qo‘ng‘iroqday:
Mehnat bilan,
mehnat bilan,
mehnat bilan!
Olamga jar solar qo‘ng‘iroq shosha,
Jarangida bordir ajib bir hikmat:
Bu “ulkan qo‘shiq”da
“odamlar nota”,
Ular birlashadi
mehnat-la faqat!
Zamin uzra sado berar qo‘ng‘iroq,
Navodan tinglaymiz sadosini biz.
Uyg‘otar u ijod, ishga ehtiyoj
Qo‘shiqqa aylanar
bor vujudimiz.

Rus tilidan Nosir Muhammad tarjimasi

INSON

Er shariga oyog‘imni tirab mag‘rur,
Ushlaganman qo‘llarimda quyosh sharin.
Yuksalganmen ikki sharning o‘rtasida —
Er va quyosh menikidir.

Miyam bag‘ri, miyamning qatlamlari
Tubsiz, ma’dan konlariday.
Men ulardan qazib olgum ko‘mir kabi,
Men ularni toblagayman temir kabi,
Dengizlarda egat ochgan kemalarni,
Poyezdlarni — yer beliga kamar bo‘lgan,
Samolyotlar — uchqur qushlar zurriyotin,
Raketalar — chaqmoqlarning yo‘ldoshlarin.
Ha, men ular hammasini qildim bunyod,
Er shariga g‘oyat o‘xshash shu boshimda.

Mening boshim quyoshga ham juda monand,
Bu olamga baxt ulashgay — nur taratgay,
Zamin uzra neki mavjud — bag‘ishlar ruh,
Er yuziga odamlarni joylagan u.

Er nimadir men bo‘lmasam! Jonsiz tana,
Yassi yalpoq, o‘ydim-chuqur oddiy bir shar…
Asli men yer alamidan yaralganman.
Bu yer o‘sha-o‘sha g‘amnok damlarida
Kuyosh va yer sharlaridek quyib qo‘ygan
Shardek boshni hadya etdi mana menga.
Mening o‘sha shar singari kichik boshim
Bu kattakon yer sharidan bo‘ldi ustun.

Buysundi yer menga, men ham
Ko‘rku chiroy baxsh etdim unga.
Jonim bunyod qilgan bu yerni,
Men ham qildim qaytadan bunyod.
Toza bo‘y ufurgan, suyumli — bunday
Bo‘lmagandi zamin hech qachon!

Oyog‘imni yer shariga tirab mag‘rur,
Ko‘targanman qo‘llarimda quyosh sharin.
Ko‘prikdirman quyosh va yer orasida.
Men orqali quyosh chiqar zamin uzra,
Zamin esa ko‘tarilar quyosh sari
Aylanadi atrofimda shaharlaru
Ulkan-ulkan inshootlar,
Asfaltli, keng maydonlar,
Mashina va odamlarga
To‘lib oqqan ko‘priklar.
Sayyoralar, kemalar — aylanadi…

Men turibman:
Oqil, qat’iy,
Alpqomat,
Yuksalganman yerdan quyoshga qadar,
Erga quyosh tabassumin
Sochadirman mo‘l.
Mag‘rib, mashriq,
Shimol, janub — bahramand birdek.
Men turibman:
Men — Insonman!

Azim Suyun tarjimasi