Artur Gorjes (Sir Arthur Gorges; 1569 – 10 oktyabr 1625, Chelsi, London) – shoir, dengiz kapitani, tarjimon. Oksford universitetini tamomlagan.
UNING YuZI
Uning yuzi Uning tili Uning fahmi
naqadar oq, buncha shirin o‘tkir biram
avval egdi so‘ng sudradi qoldi zahmi
qarog‘imda qulog‘imda yurakda ham
Mening ko‘zim Qulog‘im-a Ham gul dilim
yoqtirmoqqa o‘rganmoqqa suymoq uchun
Uning yuzi uning aqli uning tili
Boshqarmoqqa o‘zgartmoqqa yoymoq uchun
Uning fahmi Uning tili Uning yuzi
mohirona ko‘p jarangdor nurli biram
ko‘r qiladi sehrlagay bog‘lar o‘zi
qarog‘imu qulog‘im ham yurakkinam
Qarog‘im-a Eshitguvchim Vah ko‘nglima
hayot bilan umid bilan mahorat-la
uning yuzi uning tili aqli nima
to‘ydiradi bayram qilar saxovat-la
O yuz O til O fahm
qovoq uygan to‘siq bilan yasangan ham
yovuzlik yo‘q jahl tushmish yo‘qdir zahm
qarog‘im-a qulog‘im va yurakkinam
Bu ko‘zlar-ey Bu quloqlar va Bu yurak
Qasam ichar yon bergaydir dilni yoqqay
uning yuzi uning tilu fahmi beshak
xizmat uchun ishonch uchun va qo‘rqmoqqa
A’zam Obidov tarjimasi