Aleksandr Gerov (1919-1997)

Aleksandr Svetkov Geroyev (15 may 1919, Sofiya — 22 dekabr, 1997 Sofiya) – bolgar shoiri, adib va jurnalist.

KUN

Kun sen bilan to‘liq — sensan fitrati,
Shundayin ulug‘vor, poyonsiz bu kun.
Sen borki, bu cheksiz kunning fursati
Lahzaga aylanar go‘yo men uchun.

Yulduzlar yopinchiq to‘qishar tunga,
Samovot bag‘rida taratgancha nur.
Yor yonimda bo‘lgan kun uchun senga,
Ey abadiy lahza, ming bor tashakkur!

Rus tilidan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi