Abul Husayn (1896-1938) – bengal shoiri va youvchisi. Birinchi Bengal modernist shoiri.
O‘YLARIM
Javonga qo‘yganing kitoblar misol
Mehr bilan asta changlarin artib
Hurkak xayollarga berolsam tartib
Yo harir kuylaging osib oftobga
Hech kimga ko‘rsatmay quritganing on
Va avaylab uni taxlagansimon
Koshki o‘ylarimni jonli etolsam
Tuvakda o‘stirgan gullaring kabi
Gurkirab, barq urib suv emsa tabiiy
Quyosh nurlariga tutolsam
Xatarsiz boshpana berolsam shoyad
Burgutu kalxatning changalidan bot
Murg‘ak jo‘jalaring etganday ozod
Shaklu shamoyilin o‘zgartsam qani
Xuddi nozikkina barmoqchalaring
Yung koptokchasini chuvalagani
Misoli ignang-la to‘qigan issiq
Kuylakcha, kamzulu paypoq bejirim
Xuddi ipak qurtday qiynalmasdan, jim
Barglar, gulg‘unchalar, o‘rmalovchi jon
Tikkanday kuylagu ro‘molga jonon
Mayin ipaklardan – qizil, ko‘k, sariq
Koshki o‘ylarim-la
shunday qilolsam.
A’zam Obidov tarjimasi