DUNYoNING AYLANIB BURILISh NUQTASI
Kel, qora, qora murch yarg‘og‘i,
Gullari tiniq suv ichida.
Sap-sariq xollarning titrog‘i
Qahrabo urug‘lar uchida.
Bug‘doy dalasida kezinar Nora…
Aylanib-aylanib burildi dunyo,
Qachon ko‘zlarimni ranglar yoritdi?
Bir zumlik yomg‘irlar, oyda ham go‘yo
Bu dunyo aylandi, dumaloq tortdi.
Yozning o‘rtasida sap-sariq yomg‘ir,
Kirib bordim yana sariq orolga.
Sariq qush uchadi, uchar sariq sir,
Qayrilib qarashi o‘xshar savolga.
Baliqning aqlimi, naqlimi, goho
Bulutga aylanar: «Bir kun uchaman!»
Suvning tublaridan otilar sado:
«Kela qol, kela qol, seni quchaman!..»
Yonginamda esa ku-kular kakku,
Burilib, ortiga qarasa qiz gar…
Menda ham, qizda ham yo‘qolar uyqu,
Yoqimli bahor – bu, havo muattar!
Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci