Yulian Semyonovning nomi kitobxonlarga «Alternativa» turkumiga kiruvchi «Bahorning o‘n yetti lahzasi», «Proletar diktaturasi uchun briliantlar», «Bahorgi muz ustida», «Yashashing shart», «Yuzma-yuz» kabi qator siyosiy roman va qissalari orqali yaxshi tanish.
… Sovet xavfsizlik organiga chet elda xor-zor, darbadar yurgan rus muhojiridan maktub keladi. Unda Moskvadagi maxfiy institutlardan birida ish ko‘rayotgan Markaziy Razvedka Boshqarmasining‘ agenti ma’lum qilingan edi. Sovet kontrrazvedkachilarining olib borgan mashaqqatli izlanishlari natijasida agent fosh etiladi. Afrika davlatlaridan birining daxlsizligiga qaratilgan tajovuz barbod bo‘ladi. «TASS ma’lum qiladiki…» asarida ana shular haqida qiziqarli hikoya qilinadi.