Issiq sahro shamoli esdi. Qum dengizi dolg‘alandi. Telba quyun tangadek qizargan qum zarralarini havoga sovurdi. Ilon to‘ztadi. Shamol ustiga to‘kkan ichchiq qum ostidan sirg‘alib chiqdi. Quyunning tinishini kutdi.
Shamol nihoyat tindi. Sahro shamol ko‘targan qum tumanidan tozalandi. Quyosh o‘t purkardi. Havo tandirdek qizigan. Har nafas olganda ilonning bag‘ri yonar, haroratdan miyasining yog‘i qaynardi.
Qarshisida bo‘zrang sahro yastanib yotardi. Bu yo‘lning na bboshi, na adog‘i ma’lum. Bu yo‘l hayotga olib boradimi, o‘limgami, suvgami yo tashnalikkami, buni bilolmasdi.
Ilon birdan to‘xtadi. Boshini yerdan uzib atrofga ser soldi. Sas-sado yo‘q. Sahroga og‘ir sukunat cho‘kkandi. Tilini chiqarib vishilladi. Yaqin atrofda iilonning tovushidan hurkib qochgan cho‘l yumronqozig‘ining chiyillashi eshitildi. Yana atrofga sukunat cho‘kdi. Ilon yana bir vishillab qo‘ydi.
Sahro yastanib yotardi. Ilon to‘xtovsiz sudralishdan charchadi. Issiq qumga ishqalangan badani ilvirab qolgandi. O‘z qobig‘idan chiqishga urindi. Eski terisi quruqshab, badinin qitiqlardi.
Qum ustida kulchalanib, ochildi. Keyin qisinib oldingan sirg‘aldi. Ilonning sarg‘ish, naqshli eski terisi yog‘li badanidan ajralib chiqdi. Ilon bir muddat eski badaniga termilib qoldi. Kim bilsin, bu gnechsanchi marta po‘st tashlashi. Bu so‘nggisi bo‘lishi kerak. Ilon buni his etardi. Oxirgi libos, oxirgi po‘st.
Ilonning boshidan tutun chiqdi. Buraldi. Kun yorug‘ida baliq tangachalarini eslatuvchi yangi terisi porladi. Ilon yana, yana to‘lg‘ondi. Keyin madori qurib, behol yer bag‘irlab surila boshladi.
Ilon sahro rangida edi. Sahro esa ilonrang edi. Ilon bilan sahro bir-biriga qo‘shilib ketgandi. Sahro ham, ilon ham sarg‘ish tusda. Havo ham, osmonda to‘plangan uvada bulutlar ham shu rangda edilar.
Yangi po‘sti issiqqa chiqdolmasdi. Terisi qichimsirardi. Ahro bo‘ylab surina boshladi. Ilon bu yo‘lning oxiri yo‘qlinin bilardi. Bu yo‘l cheksiz davom etardi go‘yo.
Quyosh sur’at ila g‘urubga inardi. Qarshisida ilonni uyqusiz sahro kechasi kutmoqda edi. Ilon bu kechadan so‘ng yana tong otishi, yana sahrn o‘tga burkovchi quyosh chiqishini, yana uning azoblari boshlanishini bilardi. Yana sahr bo‘ylab sudralishin kerakligini o‘yladi.
Endi ilon inson oyog‘i yetmagan yerni topoishdan umiini uzgandi. O‘tgan hafta sahrodagi bir juft xurmo daraxti ostida tuyani va uning soyasida uzanib yotgan sallaliodamni ko‘rganidan so‘ng.. Ilon bilardiki, inson bu qavmning oqini ham, qorasini la’natlagan. Shu bois ilon hamisha ionsnni ko‘rsa qochardi. Sallali odam ilonning qondoshlarini o‘zlidrgan qotillarga juda o‘xshab ketardi. Oh! Ilonning qalbi insonlarga so‘ngsiz nafratga to‘la edi. u nafrat uning ingicha dumidan o‘tkir tishlariga qadar yoyilgandi. Bu nafrat ilonning mitti, tiniq ko‘zlarida ham o‘ynardi. Bu nafratning vaznini bir o‘ziyu, bir Xudo bilardi.
Nega kun, necha tunki, to‘xtovsiz sudraladi. Sabru toqati qolmagandi. Butun vujudi yig‘iga to‘lib toshgan, ammo yig‘lolmasdi. Qancha urinmasin, ko‘zlaridan bir tomchi yosh chiqmadi. Ilon qo‘rqdi. Bunday yig‘lab bo‘lmasdi. Imkonsiz edi bu yig‘i. Ilonning xalqumi qurib, ko‘zlari yoshsiradi.
Bu kecha umrining so‘nggi oqshomi ekanini angladi. Shu kechadan boshqa biror bir kechani ko‘romaydi. Endi nima qiladi? Bu kecha ham uxlasinmi yo yuluzlarni tomosha qilib yotsinmi? Ilon umrining so‘nggi kechasi deb bilgan bu oqshomni uyquda o‘tkazishni istamasdi.
… Biroq yotdi. Tushida ham sahroni ko‘rdi. Uzoqda qum sathida kichik nuqtadekkina bir narsa ko‘rinardi. U o‘sha nuqtaga tomon surina boshshladi. Qora nuqta qora tosh ekan. U toshni yalab ko‘rdi. Toshdan suvning ta’mi keldi. Ilon yalayverdi. Uning tili tekkan joydan buloq ochilib, suv otildi. Ilon yutoqib suv ichishga tushdi. Lekin suvga to‘ymasdi. Ichgani bilan to‘ymasligini payqadi. Surinib buloqning ko‘zidan joy oldi.
Uyg‘onganida, kun endigina ufqdan bosh ko‘targandi. Hali tunning salqinligi sahro bag‘rini tark etmagandi.
Necha kundirgi ilon na inson shapasini ko‘rgan, na bir qo‘ng‘iroq sasini eshitgandi. Nedir bir ovoz eshitgisi kelar, sahroning telbavor sukuti uni charchatgandi.
Ochligini tamomidla unutgandi. Tashnalik uni holdan toydirgandi. Sahroning esa poyoni ko‘rinmasdi. U esa hamon sudralardi.
Ilonning ko‘zlari yirik, sarg‘ish yumronqoziqni qumdan arang ayira oldi. Butun kuchini to‘plab, yumronqoziqning ustiga sapchidi. Xanjardan tishlarini yumronqoziqnng semiz xalqumiga sanqdi. Yumronqoziq biror tipirchiladi. Ammo xalqumini ilonning tishshlaridanxalos etolmadi.
Ilon og‘zini yumronqoziqning xalqumidan otilib chiqayotgan qonga tutdi. Qonni suv o‘rniga ichishga tushdi. Tashnaligini qon lilan bosmoqchi bo‘ldi. Qon issiq edi. Hidi ko‘ngilni aynitardi. Ammo ilonning suvsizlikdan qurib qaqshagan vujudi bu hidni. Bu issiqlikni his etmasdi.
Ilon yumronqoziqning hamma qonini ichib bo‘ldi. Keyin o‘zi jonviorning loshi ustida jim qotib qoldi. Ilonning qorni shishib qolgandi. U ichgan qon unga azob berardi. Ichi og‘zidan kelgudek edi. Tipirchilab o‘qchidi, qusa boshladi. Qusarkan, ko‘pikli qon qumga singardi. Keyin majolsiz cho‘zildi. Kun badanini yondirardi. Agar to‘xtab qolsa, issiq qum ustida kabobga aylanadi. Yana sudraldi.
Sahro bo‘zarardi. Past-balan barxanlardan bo‘lak hech narsa ko‘zga tashlanmasdi.
Boshqa surina olmasligini angladi. Jismini sudrashga majoli qolmagandi. Quyosh tobora shiddat bilan kuydirardi. Ilon bu azoblardan qutulishni, tin olishni istardi. No ilgarilash umidi, no ortga qaytish uchun toqati qolgandi. Bu azob uqubatlardan qanday qutulishi mumkin?
Birdan xayoliga g‘alati fikr keldi. Balki o‘z zahrini yutar? Axir uning zahri butun jonzotlarga abadiy rohat bera oladi-ku, nega o‘ziga asqotmasin? Miyasiga urilgan bu fikrdan yengillik tuydi. O‘z zahrini yutishga tutindi.
Zahar ichaklarni yondirib borardi. Oshqozonga yetganida sanchiq turdi. Og‘riqdan bir buralib oldi. Nimadir ichini tilkalay boshladi. Ilon to‘lg‘ana-to‘lg‘ana azobni yengishga urindi. Keyin zahar oshqozonidjan tomirlariga o‘tib, vujudi bo‘ylab oqdi.
Asr payti edi. Ilonning ko‘zlari sarg‘ayib, tiniqligini yo‘qotgandi. Lekin haliyam tirik edi. Oqshomni kutardi. Yulduzni ko‘rmay turib o‘lolmasdi.
… Tunda samoda katta-katta yulduzlar ko‘rindi. Ilon qidirib o‘z baxt yulduzini topdi. Nursiz ko‘zlari bilan o‘z yulduziga termildi. Keyin asta boshini qum ustiga qo‘yib, ko‘zlarini yumdi.
1985, Kurdamir-Boku.
Ozarboyjonchadan Rustam Jabborov tarjimasi