Taniqli qoraqalpoq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenovning «Ko‘z qorachig‘i» romani shu bugungi kunning voqealaridan hikoya qiladi va qishloq xo‘jaligidagi dolzarb masalalarni o‘rtaga tashlaydi.
Yozuvchi hayotni sinchkovlik bilan kuzatishi natijasida undagi muhim muammolarni ko‘radi va asar voqealari davomida ularni kitobxon bilan birgalikda muhokama qilgandek bo‘ladi. Roman qahramonlarini Orol dengizi taqdiri tashvishga soladi, ular qing‘ir yo‘llar bilan plan bajarib, shuhrat ketidan quvishdek qusurlarni tugatish yo‘llarini axtarishadi.