Semyon Svigunning «Qasos» to‘plamiga uning uch kinoqissasi: «Qasoskorlar fronti», «Front ortidagi front», «Dushman ortidagi front» stsenariylari kiritilgan. Uchala asar yagona mavzu bilai birlashgan. Uchala stsenariyda Qizil Armiya maxsus otryadining Ikkinchi jahon urushi davrida nemis-fashist qo‘shinlari orqasida ko‘rsatgan jangovar faoliyatlari hikoya qilinadi. Ushbu stsenariylar bo‘yicha «Mosfilm» kinostudiyasida suratga olingan filmlar mamlakat ekranlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi va ko‘pgina mukofotlar bilan taqdirlandi.